Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet47/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

4-Mavzu: Huquq konsepsiyasi
Qonun va adolat

Inson xulq-atvori qoidalar predmeti sifatida
Huquq – bu inson xulq-atvorining tartiblashgan (intizomlashgan) shaklidir. Intizom esa o’z navbatida qonun qoidalar tizimi demakdir. Huquq – bu ba’zida aytiladigan (ishlatiladigan) qonun-qoida emas. U biz ma’lum bir tizim yordamida anglaydigan (tushinadigan) qonun-qoidalar turning jamlanmasidir. Agar biz aynan ma’lum bir doiradagi qonun-qoidalarga e’tiborimizni qaratish bilan chegaralansak, biz uchun huquqning tabiatini tushunishning imkoni bo’lmaydi. Yuridik intizomga oid bo’lgan muayyan bir qonun-qoidalar tuzilmasi hisoblangan ma’lum aloqalar ham huquqning tabiati uchun muhim sanaladi. Ushbu aloqalarning yuridik nizom deb o’rnatilganligini aniq anglashning o’zi ham huquqning tabiatini to’laqonli tushunishga poydevor bo’lib xizmat qilishi mumkin.

“Huquq inson xulq-atvorining intizomlashgan shaklidir” degan qarash yuridik nizom faqatgina insonning tabiati (xulq-atvori)ga aloqador ekanda degan fikirni nazarda tutmaydi. Bu noto’g’ri, albatta. Ammo inson xulq-atvori yuridik normalarning tarkibiga kiradi. Odam o’ldirish jazosini belgilovchi norma aynan insonning ma’lum bir ta’sir natijasida kimningdir hayotiga qasd qilish borasidagi xulq-atvori bilan aloqadordir. Har holda, qotillik – bu inson fel-atvori emas, ammo u psixologik jarayon hisoblanadi. Har qanday qonun ma’lum bir holat ortida yotuvchi muayyan xulq-atvorni nazorat qilishni va insonga nisbatan talqin etishni talab etadi. Ushbu holatga nisbatan insonning xulq-atvori muhim o’rin tutmaydi, ular shunchaki biz tabiiy holat deb ataydigan voqea va jarayonlar ham bo’lishi mumkin.

Huquq normalari boshqa normalarni huquqning ta’sir doirasidagilarga yordam berishini nazarda tutadi. Huquqiy ta’sir doira – bu inson xulq-atvori emas, ammo u qonun yordamida tartibga solinadigan inson xulq-atvorining ko’rinishidir. Bundan ko’rinib turibdiki inson xulq-atvorining tarkibi sanalmagan dalillar qonun normalarining mundarijasiga kirishi mumkin. Lekin, ular shunchalik inson xulq-atvori bilan aloqadorki, yo uning holati yoki uning ta’siri ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Ko’rinishidan, xuddi-ki, bu faqat ongli(madaniyatli) insonlarning huquqlari bilan bog’liqdek tuyuladi. Qadimgi qonunlarda hayvonlar va hatto-ki, o’simliklar va boshqa jonsiz jismlarga ham odatda odamlar bilan bo’lganidek muomala qilingan va hatto, jazolangan ham. Har holda, bu ibtidoiy odamning animistik qarashlari bilan bog’liq bo’lsa kerak. Bunday odam hayvonlarga o’simliklarga va jonsiz narsalarga, xuddi, ruh va jonlarga sig’inganidek munosabatda bo’lgan. Shu sababdan, u ba’zida insonni hatto-ki, aql bovar qilmas aqliy qobiliyatlarga ishonishga undagan. Ibtidoiy odam va ongli insonning dunyoqarashlari tarkibiy elementi hisoblangan boshqa realliklar o’rtasidagi asosiy tafovut ibtidoiy odam uchun ma’lum bo’lmagan va u o’zining huquqini boshqa noinsoniy mavjudliklarga ham tegishli deb hisoblagan. Chunki, uning nazarida ular insoniydek aks etgan yoki hech bo’lmaganda shunga o’xshash bo’lgan. Bundan ko’rinib turibdi-ki, ibtidoiy qonunlar ham inson xulq-atvorining tizimi hisoblanadi. Har holda, qonundan tashqari, diniy va axloqiy ko’rinishdagi inson xulq-atvorining boshqa tizimlari ham bor. Huquqning aniq mohiyati unga qanday rioya qilishni belgilashdir va o’z navbatida, huquq insonning boshqa xulq-atvor ko’rinishlaridan farq qiladi.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling