Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181,76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Korporatsiya shaxs organi sifatida
Biz korporatsiyani organ sifatida nomlaymiz va shunday o`ylashga moyilmiz. Аgar korporatsiya organ bo`lsa u xatti-harakatlari uning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadigan kishilar organlaridan tashkil topadi deb faraz qilish mumkin. Shaxslar uyushmani shakllantiradi yoki korporatsiyaga tegishli degan mulohaza ularning xulq-atvori uyushmani tashkil etuvchi tartib tomonidan muvofiqlashtiriladi degan majoziy iboradan boshqa hech narsa emas. Huquqiy tartibdan tashqari hech qanday korporatsiya, uyushma bo`lmaganidek, korporatsiya a`zolarning organisiz korporatsiya organlari ham mavjud bo`lmaydi. Grey tomonidan korporatsiyaga berilgan ta`rifga ko`ra: Korporatsiya davlat tomonidan uning manfaatlari va muayyan belgilangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xohish-irodasini himoya qilish vakolati berilgan kishilarning guruhlaridan tashkil topadi. Greyning yutug`i shundaki u odatiy farazlardan qochadi. Biroq, u korporatsiyani insonlar guruhi sifatida ta`riflab uning mohiyatiga yaqin keladi. Korporatsiya insonlarning tashkillashgan guruhi emas, balki ularning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi kishilarning tashkilotidir. Greyning davlat korporatsiyaga vakolat berishini nazarda tutuvchi mulohazasi biroz noaniqlikni o`z ichiga oladi. Davlat emas, balki uni tashkil etuvchi huquqiy tartib korporatsiyaning tashkiloti tomonidan xulq-atvori belgilanadigan insonlarga vakolatni beradi. Bu esa uyushma tashkilotga ega yoki unga tashkilot tomonidan asos solinadi degan fikrning takrorlanishini ifodalaydi. Uyushma uning tashkilotisiz hech narsa emas. 1 Jon Adams asarlari, (1851) ; p.69 2 Ser Tomas Erskine Holland, “Huquqshunoslik elementlari” (13- nashr) 1924 3 Henrich Dernburg, “System Des Romischen Rechts (Der Pandekten achte, Umgearbeitete Auflage)” Erster Tell (1911) 65. Blackstone sharhlari, Kitob 1, & 10 67: “jamiyatning eng asosiy maqsadi – shaxslarga tabiiy huuquq bilan yuklangan o’z mutloq huquqlaridan foydalana olishlarini himoya qilishi shart va bunday huquqlar tinclik vaqtida cheklanishi mumkin emas. Bu shuni keltirib chiqaradiki, birinchi va dastlabki inson huquqlari shaxslarning mutloq huquqlarini tartibga solishi va saqlashi lozim. Bunday huquqlar jamiyat va davlatning tashkil etishda ijtimoiy va tegishli natija sifatida qaraladi……..” shunday nomalangan mutloq huquqlar davlatning paydo bo’lishidan oldinroq bo’lgan. Download 181,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling