Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Yuridik shaxs tushunchasi qo`shimcha tushuncha sifatida


Download 181.76 Kb.
bet118/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Yuridik shaxs tushunchasi qo`shimcha tushuncha sifatida
Har qanday bir necha insonlar xulq-atvorini muvofiqlashtiruvchi tartib shaxs sifatida e`tirof etilishi, shaxslashtirilishi mumkin. Yuridik shaxs tor va texnik ma`noda faqatgina uyushma organlari shaxs sifatida vakillik qila olganda, huquqiy shartnomaga kirishgan tegishli individlar sud oldida, korporatsiya manfaatlarini ifodalay olganda hamda uning javobgarligi muayyan tarzda chegaralanganda javobgar qilinishi mumkin. Bu yuridik shaxs o`z a`zolarining individual mol-mulki bilan emas, birgalikdagi mol-mulki bilan cheklangan tarzda javobgar bo`lishi mumkin. Bu davlat qonunni korporatsiyani tashkil etuvchi statut uni tuzilgan deb tan olgandagina amalga oshishi mumkin. Bundan ko`zlangan maqsad shuki, faqatgina davlat qonun orqali korporatsiyaga huquqiy shaxs sifatida maqom berishi mumkin. Huquqshunos bunda yuridik shaxs tushunchasidan foydalanishi yoki u bilan almashtirishi mumkin. Biroq, ta`kidlab o`tilganidek u qonunga ko`ra e`tirof etilgan tartibda tuzilgan bo`lishi va uning a`zolari tashkilot manfaatlarini ko`zlab uning nomidan vakil bo`la olishi lozim. Mazkur holatda vakillar korporatsiyaga mustaqil a`zoligi bilan bog`liq yuzaga kelganidan biroz farqli tarzda huquq va majburiyatlarga ega bo`ladilar. Mazkur huquq va majburiyatlarni korporatsiyaga tegishli deb ifodalash orqali biz ushbu farqni aniqlashtiramiz. Bunday farq mavjud. Biroq bu farq taqdim etilgan korporatsiyaning tegishli huquq va majburiyatlari individning huquq va majburiyatlari emasligi bilan belgilanmaydi, chunki barcha huquq va majburiyatlar insonlarga tegishli. Farq shundaki, korporatsiyaning huquq va majburiyatlari undagi shaxslar tomonidan ular mazkur uyushmaga a`zo bo`lmasdan egalik qila oladigan huquq va majburiyatlaridan farqli ravishda qo`lga kiritiladi, bu esa ularga vakillik qilish vakolatini beradi.

Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling