Uyushma javobgarligi
Biroq, bu biz huquqiy deliktni sodir etish layoqatini javobgarlik masalasi sifatida ko`rib o`tgan mas`ullikning boshqa bir turidir. Bu huquqiy tartib tomonidan belgilab berilgan ikki fakt o`rtasidagi muayyan bog`liqlikdir. Insonning harakat yoki harakatsizligini uyushmaga tegishli deb topish ushbu faktni maxsus tarzda belgilab beruvchi huquqiy tartib bilan bog`liq. Bu bog`liqlik bizga uyushma haqida harakatlanayotgan shaxs sifatida gapirish imkonini beradi. Uyushmaning javobgarligi tartibning birlik sifatida personifikatsiyasini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |