Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Korporatsiyaning qoidalari (tartib va uyushma)


Download 181.76 Kb.
bet114/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Korporatsiyaning qoidalari (tartib va uyushma)
Shaxs uning xulq-atvori korporatsiyani tashkil etuvchi maxsus tartibga muayyan tarzda muvofiq kelsa korporatsiyaning organi sifatida harakat qilishi mumkin. Bir necha individlar faqatgina ular o`zaro tashkillashtirilganda guruhlarni, uyushmalarni shakllantiradi. Ularning o`zaro xatti-harakatlari ma`lum qoida yoki normalar tizimi orqali tartibga solinadi. Bu bir necha individlarni assotsiatsiya sifatida shakllantiruvchi tartib hisoblanadi. Bu uyushma organlarga egaligi shu uyushmani shakllantiruvchi individlar normativ tartib orqali tashkil etilishini anglatadi. Korporatsiyani tashkil etuvchi bunday tartib yoki tashkilot uning a`zolari xulq-atvorini tartibga soluvchi normalar kompleksi korporatsiya ustavi yoki tashkiliy hujjati hisoblanadi. Shuni ta`kidlash lozimki, korporatsiya faqatgina o`zining ustavi orqaligina huquqiy mavjud bo`lishi mumkin. Korporatsiyani uning ustavidan ayri tasavvur qilish yuqorida qayd etilgan mazmunsizlikka olib kelishi mumkin. Korporatsiya va undagi individlarning va belgilangan tartibda tashkil etilgan birlashmaning xulq-atvorini tartibga soluvchi ustavi ikki turli tushunchalar emas, aksincha ular bir butunni tashkil etadi. Аytish mumkinki, korporatsiyaning birlashma yoki uyushma sifatida ifodalanishi uni tashkil etish tartibining boshqacha nomalanishidir. Individlar ularning xulq-atvori birlashma ustavi tomonidan tartibga solinga holdagina, ular birlashmaga tegishli yoki uni tashkil etadi deb aytish mumkin bo`ladi. Ular faqatgina shu tartib orqali birlashadi. Basharti individlarning hulq-atvori ushbu birlashmani tashkil etuvchi hujjat orqali tartibga solinmasa, ular birlashmaga tegishli hisoblanmaydi. Аgar biz birlashma o`rnida uyushma iborasini ishlatsak uning a`zolari umumiy manfaatlarga egaligini nazarda tutamiz. Ular uchun umumiy bo`lgan bu jihat ularning o`zaro xatti-harakatlarini tartibga soladigan normativ tartibdir. Shuning uchun ham, birlashma yoki uyushmani xuddi ular faqatgina kishilar ommasidek individlardan shakllantiriladi yoki tashkil topadi deyish anglashilmovchilikka olib keladi. Birlashma yoki uyushma belgilangan tartibda aniqlab berilgan individlar harakatlaridan tashkil topadi. Bu harakatlar faqatgina tartib bo`yicha belgilangan normalar mazmunini shakllantirgandagina birlashma yoki uyushmaga tegishli bo`lishi mumkin. Birlashma yoki uyushma uni tashkil etish tartiblarisiz hech narsa bo`lmay qoladi. Korporatsiya faqatgina uning organi bo`lgan insonlarning harakatlarida o`zini uyushma sifatida namoyon qiladi. Inson esa, oldinroq tilga olinganidek, uning harakati tartib bo`yicha maxsus belgilab berilgandagina uyushma organi hisoblanadi. Shaxsning uyushma organi sifatida, o`z mavqeidan kelib chiqqan holda amalga oshirgan harakati uning uning uyushmaniki bo`lmagan boshqa harakatlaridan faqatgina tartibga ma`lum ma`noda muvofiq kelishi bilan farqlanadi. Individning birlashma organi sifatida e`tirof etilishi uning tartib bilan aloqadorligiga mutloq bog`liqdir.

Insonning uyushma harakatlari sifatida talqin qilinadigan harakatlari yoki harakatsizligi uning muayyan xulq-atvorini aniqlab beruvchi tartibga muvofiq harakatni amalga oshirish yoki undan saqlanishni anglatadi. Insonning uyushma bir qismini tashkil etuvchi tartibga muvofiq harakati uning o`zida tartibning mujassamlashtirilganligini anglatadi. Inson harakatini mujassamlashgan tartib sifatida uyushmaga murojaat qilish uchun ushbu harakatni uchun uyushmani mas`ul deb topish lozim.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling