Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxs
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar
Huquqning mohiyati qonunlar yaratishda ishtirok etish layoqati bo`lsa, xususiy huquqdagi xususiy huquqlar va ommaviy huquqdagi siyosiy huquqlar orasidagi farq faraz qilinganidek fundamental xarakterga ega bo`lishi mumkin emas. Siyosiy huquqlar sifatida fuqarolarning boshqaruvda, davlatning xohish-irodasini shakllantirishda ishtirokini tushunish mumkin. Yuridik shaxs Yuridik shaxs ijobiy huquqni tavsiflashda qo`llaniladigan boshqa bir umumiy tushuncha va u qonuniy huquq va majburiyat bilan yaqin aloqadorlikda. Huquq va majburiyatlar subyekti sifatida yuridik shaxs ularni keltirib chiqarishi ehtimol tutilgan talabga javob beradi. Yuridik qarash insonning muayyan harakati yoki harakatsizligi huquq yoki majburiyat mohiyatini shakllantiradi degan mushohada bilan qoniqmaydi. U yerda huquq va majburiyatga ega bo`lgan biror narsa mavjud bo`lishi shart. Bu g`oyada inson fikrlashining umumiy yo`nalishi namoyon bo`ladi. Аmaliy ko`zga ko`rinadigan jihatlar narsa va moddalarning sifatlari singari talqin qilinadi, shuningdek grammatik nuqtai nazardan eganing kesimi sifatida ifodalanadi. Bu jism qo`shimcha yuridik shaxs emas. Grammatik egani qayd etish bu faqatgina sifatlar bir butunlikni shakllantirishi faktining bir simvolidir. Barg barcha sifatlarga yangi qo`shimcha organizm emas – yashil, tekis, yumaloq va boshqalar – balki ularning yaxlit birligi. Soddaroq qilib aytganda, til shakllaridan aniqlanadi, modda mustaqil mavjud bo`lishi bilan birga o`z sifatlariga ega deb hisoblanadigan alohida organizmga almashtiriladi. Grammatik ega, modda, aytish mumkinki kesim tomonidan shakllantirilgan moddadan paydo bo`lgan qatorning yangi a`zolaridir. Bilimlar obyektidan bunday nusxa ko`chirilishi animizm deb nomlanadigan ibtidoiy mifologik qarashlarga xarakterlidir. Tabiatni animistik talqin qilishga muvofiq real borliqning har bir obyekti o`z sifatlariga ega modda, kesimiga ega bo`lgan grammatik ega ko`rinmas ruhning makoni. Shu ma`noda yuridik shaxs oddiyroq tushunilganda qonuniy majburiyat va huquqlariga ega. Yuridik shaxs - huquq va majburiyat kabi yuridik sifatlar tegishli bo`lgan yuridik voqelikdir. Inson huquq va majburiyatlarga ega degan g`oya mohiyat va sifat aloqadorligini o`z ichiga oladi. Аslida yuridik shaxs huquq va majburiyatlaridan tashqari alohida voqelik emas, balki faqatgina shaxslashtirilgan birlik, huquq va majburiyatlar – huquqiy normalardan boshlab – huquqiy normalarning majmuining shaxslashtirilgan birligidir. Yuridik shaxslarning ikki farqli turi yuridik va jismoniy shaxslarni tahlil qilishdan yuzaga keladigan ikki mezon mavjud. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling