Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Huquq va vakillik
Huquq subyekti potensial da`vogar bo`lib, hamma holatlarda ham da`vogar bo`la olmaydi. Ma`lum huquqiy shartnoma shaxsni boshqa shaxsga xuddi o`zi yetkazganidek yuridik kuchga ega bo`lgan aniq ma`lumotlarni “uning agenti” tomonidan yetkazilishi mumkin. Agar kimdir bunday “konsessual vakillik” deb nomalnuvchi institutdan foydalanishga qodir bo`lsa, tegishli da`volarni shu agent orqali ham kiritishi mumkin. Zamonaviy qonunga ko`ra, ma`lum shaxslar misol uchun kichik yoshlilar va ruhiy kasallar vakillikdan foydalanishlari shartdir. Bunday “no-konsesual vakillik” “vasiy” deb nomlanuvchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi va bunda vakil va tegishli shaxs o`rtasida qonunga tegishli shartnoma bo`lishiga qaramasdan tayinlashsiz qonuniy tartibot buni talab qiladi xuddi, masalan, ota o`z farzandiga qonuniy vakil hisoblanadi yoki hukumat ayniqsa sud tomonidan vakil sifatida tayinlanganlar yana misol uchun nogiron shaxsning vasiysi va boshqalar yorqin misol bo`la oladi. Shuningdek, vasiylikka olingan shaxs nomidan da`vo ishlarini ham qo`zg`atishi mumkin. Bunday holatlarda vasiy yoki vakil tomonidan xuddi uning vasiylikka olinuvchisi qilganni kabi qonuniy kuchga ega bo`lgan murojaat qilishi mumkin, faqat qachonki vasiylikka oluvchi voyaga yetgan va ruhiy jihatdan sog`lom bo`lishi shart. Jinoiy sanksiya har qanday xususiy shaxs da`vosi bilan bog`liq bo`lmaganligidek, hech qanday xususiy shaxs o`g`rilanmaslik yoki o`ldirilmaslik, umuman olganda jinoiy huquqbuzarlik qurboni bo`lmaslik huquqiga ega emas. Biroq sanksiyaning ijro etilishi davlat organining vakolatiga bog`liq, davlat huquqi to`g`risida shuni aytish mumkinki, jamiyat a`zolari jinoyatdan saqlanishi shart. Bu sohada, ayniqsa jamiyatning hayotiy manfaatlari himoya qilinishi lozim bo`lganda, qonun chiqaruvchi jamoa manfaatlarini yakka shaxs manfaatidan ustun qo`yadi. Аmmo jinoiy protsess fuqarolik protsessi kabi bir xil forma, tashqi ko`rinishga ega; bu ikki taraf o`rtasidagi tortishuvni namoyon etadi: jinoiy protsess huquqiy jamiyat, davlatni ifodalovchi organ va aybdor shaxs o`rtasidagi nizodir, fuqarolik protsessi ikki xususiy shaxs da`vogar va javobgar orasidagi tortishuvdir. Muayyan shaxsning da`vosi bilan boshlanishi mumkin bo`lgan sanksiyalarga olib keluvchi zamonaviy fuqarolik va jinoyat huquqi texnikasi, huquqni qo`llovchi organlar, sudlardagi ikki taraf o`rtasida tortishuv xarakteriga ega jarayonda qo`llaydigan yuridik texnika yagona tasavvur qilish mumkin bo`lgan texnika emas. Sanksiya hech qanday oldingi harakatlarsiz boshqa davlat organi tomonidan jinoyat huquqida bo`lganidek, xususiy taraf tomonidan fuqarolik huuqida ham qo`llanilishi mumkin. Huquqiy tartib shunday xarakter kasb etganda edi, u huquqbuzarlikdan saqlanish qonuniy majburiyatini yaratgan bo`lar edi, biroq u hech kimga majburiyatni bajarish qonuniy huquqini bermaydi. Hech qanday qonuniy huquqni tegishli majburiyatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas, biroq qonuniy majburiyat hech qanday qonuniy huquqsiz mavjud bo`lishi mumkin. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling