Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Huquq sanksiyani harakatga keltiruvchi qonuniy imkoniyat sifatida


Download 181.76 Kb.
bet106/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Huquq sanksiyani harakatga keltiruvchi qonuniy imkoniyat sifatida
Allaqachon ta`kidlanidek, har qanday boshqa shaxsni biror ma`lum harakatni bajarishga majbur qiladigan har qanday qonuniy norma qonuniy huquq bo`lavermaydi. Shaxsni boshqalarni o`ldirmaslikka majburlash jinoyat huquqi bilan himoyalangan har qanday shaxsni o`ldirilmaslik huquqi bilan ta`minlaydi, texnik tor ma`nodagi qonuniy huquq esa kreditorning qarzni qaytarib olish huquqi va mulk egasining to`liq tasarruf etish huquqini bildiradi. Nima uchun qarzdorning qarzni qaytarib berishi “huquq” emas balki “kreditorning huquqi va nega kreditor sifatida mening huquqim qarzdordan pulni qaytarib olish hisoblanadi? “huquq” o`zining orginal ma`nosida “qonun” sifatidadir; shunday qilib misol uchun, bu gap “huquq kuch” deganidir. Berilgan vaziyatda nima sababdan qonun mening qonunim emas balki mening huquq sifatida berilmoqda? Kreditor va mulkdorning manfaatlarini himoya qiluvchi qonuniy norma qanday aniq munosabatlarni keltirib chiqarmoqda? Qanday huquqiy munosabatlar mazkur normalar tufayli “ularning” qonunlari ya`ni “huquqlarini” keltirib chiqarmoqda. Obyektiv qonun ya`ni insonning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi normalar tizimi va ma`lum tegishli shart-sharoitlarda subyekt bo`lish va subyektiv qonun deb hisoblashning sababi nimada?

Mazkur doktrina shuni bildiradiki, Huquq Qonun bilan himoyalangan manfaat sifatidan ko`ra qonuniy huquq qonun bilan tan olingan xohish yoki qonun bilan ta`minlangan kuch sifatida muammoni yechimiga yaqinroqdir. Kuch shundan iboratki, unga ko`ra shasning huquqlarni qo`llay olishi tegishli qonuniy tartib shaxslarning yo`naltirilgan xohishlariga ta`sir etishidan kelib chiqadi. Qonuniy tartib shaxslarga shunday kuch beradiki, masalan qonuniy shartnomalar, ayniqsa bitimlar bilan iqtisodiy munosabatlarni tartibga solidi. Shartnoma o`zaro ma`lum harakatlarnni bajarishga kelishib olingan ikki yoki undan ko`proq shaxslar o`rtasida tuziladigan bitim hisoblanadi. “Bitim” o`zaro kelishuvlariga binoan tomonlarning mutanosib ravishda amalga oshradigan xatti-harakatlaridir.

Shartnomaning qonuniy kuchi borki unga ko`ra shartnoma tomonlari unga muvofiq harakat qilishlariga majburdirlar. Har bir shartnomaviy tomon “huquq” qa egaki, boshqa taraf ham shartnomaga muvofiq harakat qilishi zarur; uning har bir xohishi emas balki shartnomada belgilangan xohishini amalga oshirish huquqi mavjud. Bu uning xohishi yoki uninf ifodasi emas balki bu bitimdir, hamma shartnoma tomonlarining xohishlarining ifodasi kelishiladi – qonuniy tartibga ko`ra - shartnomaviy tomonlarning majburiyatlarini ham yaratdi. Bir shaxs boshqa shaxsni biror harakatlar qilishga xohish ko`rsatishiga unda huquqiy kuch bo`lmaydi.

Bir shartnomaviy tomon ikkinchi tomonga qarshi huquqqa ega bo`ladi faqat agar ikkinchi taraf zimmasida tegishli tarzda harakatlanish majburiyati bo`lsa; shuningdek ikkinchi taraf birinchi tarafga nisbatan tegishli tarzda harakatlanishga majbur bo`ladi faqat agarda qarama qarshi xatti-harakat sanksiyani keltirib chiqarsa. Ammo, buning o`zi boshqa tarafning qonuniy huquqlariga asos solishda yetarli emas. Bir shartnomaviy taraf ikkinchi tarafga qarama-qarshi ravishda qonuniy huquqlarga ega bo`ladi, chunki qonuniy tartib tegishli ravishda sanksiyalarni ijro etadi, shartnomada belgilangan majburiyatlarni ado etish faqatgina shartnoma belgilanganligidan tashqari, ikkinchi tarafning huquqbuzarga nisbatan sanksiyalarni qo`llash to`g`risidagi bildirgisi ham asos bo`la oladi. Shunday xohishni bildirgan shartnomaviy tomon sudda ikkinchi tarafga nisbatan da`vo qo`zg`atishi mumkin. Shunday holatda, davogar qonuning jazolovchi mexanizmini ishga tushiradi. Bu faqat shundan iboratki, bunday da`vo huquqbuzarlikdan kelib chiishi mumkin, masalan, shartnomaning buzilishi, sud tomonidan sanksiyalarni belgilanganligi va boshqalar. Bu fuqarolik huquqining maxsus texnik qismidir. Sanksiyalar tegishli ma`lum shart-sharoitlarga bog`liq bo`lib, bir taraf faqatgina boshqa tarafning huquqbuzarligi uchun davo qo`zg`atishi mumkin. Bunday holatda tegishli shartnomaviy tomon tomonidan tegishli tartibdagi sanksiyani belgilovchi normani qo`llash to`grisidagi ariza kiritish erkindir. Bu ma`noda shuning uchun ham, “uning” qonuni, uning “huquqini” anglatadi. Faqatgina agar shaxs shunday qonuniy normaga tegishli bo`lsa, faqat agar sanksiya belgilovchi qonuniy normani qo`llash to`g`risidagi ariza shaxsning xohishini maqsadiga bog`liq bo`ladi, shuningdek faqat agar qonun shaxsning tasarruf etishini ifodalasa, bu “uning” qonuni, subyektiv qonun, va uning “huquqini” anglatadi. Faqat qonuning subyektlashuvi ya`ni huquq tushunchasini nazarda tutuvchi, shaxsning subyektiv huquqlarini sifatida obyektiv qonuniy normalarning namoyish etilishi shu jihatdan oqlanadi.

Faqat agar qonuniy “huquq” shu yo`l bilan aniqlansa, qonuniy majburiyat bilan mutanosib kelmaydi, A shaxsning B shaxsga nisbatan ma`lum xatti-harakatlari B shaxsning A shaxsga nisbatan qiladigan xatti-harakatlariga to`la mos kelmaydi. Shu bilan birga, bir shaxs boshqa shaxs tomonidan qilinishi shart bo`lgan majburiyatni “ijrosini” talab qilish huquqi ochiq-ravshandir, mazkur holatda B shaxsning A shaxsga nisbatan ma`lum xatti-harakatlarini bajarishi to`liq tasvirlab berilmaydi. Agar qonuniy huquq qonuniy majburiyatning turli-xil shakli bo`lsa undan oldingisi bu holatda cheklanishi lozim. Shunday qilib, huquq bu – shaxsning xohishiga binoan sanksiyalovchi qonun normasini qo`llash bilan bog`liq xohishdir. Huquqning subyekti shunday shaxski, uning xohishining bildirgisi sanksiyaga yo`naltirilgan bo`ladi. Agar bir ta`kidlaydigan bo`lsak, qonuniy tartib da`vo qo`zg`atish imkoniyatini tasdiqlaydi va qo`zg`atish huquqi potensial davogarga tegishli bo`lib, u huquq subyekti hisoblanadi. Odatda, qonuniy tartib qonun chiqaruvchi tomonidan sanksiya qo`llashdagi ma`lum manfaatlarni tegishligini faraz qilgan bo`lsa, o`sha manfaatdor tomon huquqni qo`llash imkoniyatini taqdim qiladi. Ammo, agar qonuniy tartib bunday imkoniyatni shaxsga taqdim etadigan bo`lsa, bu shaxs hattoki aniq masalada ham sanksiyani ijro etishga bo`lgan “xohish” bilan belgilangan manfaatlari ifodalash huquqiga ega bo`ladi. Huquq bu majburiyatarni bajarishga majbur bo`lgan tomonning sanksiyalar qo`rquvi ostida amalga oshirishga bog`liq bo`lgan manfaat yoki xohishdan bo`lak narsa emas. Qonuniy huquq bu xuddi qonuniy majburiyatdek norma asosida vujudga keladi.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling