Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Yuridik shaxsning inson sifatidagi huquq va majburiyatlari


Download 181.76 Kb.
bet113/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Yuridik shaxsning inson sifatidagi huquq va majburiyatlari
Korporatsiya yuridik shaxs sifatida huquqiy shartnomalarga kirishishi, shartnomalar tuzishi, da`vo qilishi mumkin ekan o`zining huquq va majburiyatlariga ega hisoblanadi. Harakat va harakatsizliklar insonga tegishliligini qat`iyan rad etish mumkin emas. Harakat va harakatsizlik xususida gap borar ekan uning mazkur korporatsiyani tashkil qiluvchi insonniki bo`lishi kerak. Yagona muammo shundaki, inson harakat yoki harakatsizligini korporatsiyaning yuridik shaxs sifatida talqin qilish imkonini beradigan o`ziga xos xarakterni yaratishdir. Darhaqiqat, yuridik shaxs harakati yoki harakatsizligining bajaruvchisi insondir. Bu harakatlar yuridik shaxsning organlari sifatida harakat qiladigan inson tomonidan amalga oshiriladi. Shu tufayli, yurisprudentsiyada inson qaysi holatda yuridik shaxsning organi sifatida harakatlarni amalga oshiradi degan masalaga aniqlik kiritish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu shaxs misolida harakatlarni amalga oshiruvchi korporatsiyaning muammosidir. Yana, bir analogik muammo bu korporatsiyaning huquq va majburiyatlar subyekti ekanligidir. Huquqiy tartibga solish inson xulq-atvorini tartibga solganligi tufayli faqatgina insonga majburiyatlar yuklashi va huquq berishi mumkin ekan, korporatsiyaning yuridik shaxs sifatidagi huquq va majburiyatlari insonga ham tegishli bo`lishi shart. Bu holatda yana bir muammo ya`ni qaysi holatda insonning huquq va majburiyatlari yuridik shaxsga tegishli hisoblanishi mumkin degan muammo yuzaga keladi. Yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari bir paytning o`zida insonga tegishli bo`lishi mumkin emas.

Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling