Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari: Insonlarning jamoaviy huquq va majburiyatlari
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
- Bu sahifa navigatsiya:
- – Р.93-109,51-57.
Yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari: Insonlarning jamoaviy huquq va majburiyatlari
Yuridik shaxs sifatida korporatsiya muayyan hulq-atvorga rioya qilish majburiyatiga ega, biroq xulq-atvori majburiyatning mazmunini tashkil etidigan korporatsiya organi sifatida mas`ul shaxs korporatsiyani tashkil etuvchi huquqiy tartib - ustav tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarishi kerak. Majburiyat aniq shaxsning mas`uliyatidir. Biroq shaxs korporatsiyani tashkil etadigan huquqiy tartib tomonidan belgilanishi va mazkur shaxs korporatsiya organi sifatida uning majburiyatlarini bajarganligi tufayli uning majburiyati korporatsiyaning javobgarligi deyish mumkin. Keling misol sifatida bino sotib olgan va shartnomaga ko`ra uning narxini to`lashga majbur korporatsiyani olsak. Narxning to`lanishi qonun bilan shart qilib qo`yilgan majburiyatdir. Odatda, shartnomaga ko`ra xaridor uni to`lashi kerak. Biroq mahsulot sotib olish shartnomasi korporatsiya tomonidan vakolatli organ orqali tuzilgan bo`lsa, bu holatda yana o`sha organ korporatsiya mulki hisobidan mahsulot narxini to`lashiga to`g`ri keladi. Mulk boshqa tarafdan ham muhim hisoblanadi. Korporatsiya muayyan xulq-atvor qoidasiga rioya qilishi shartligi qoidasi shuni ham anglatadiki, basharti majburiyat bajarilmasa, sanksiya korporatsiyaniki hisoblangan mol-mulkka qaratilishi ham mumkin. Bu yuridik shaxs mulk faqatgina pul qiymatiga ega bo`lgan huquqlar yig`indisi bo`lganligi sababli o`sha huquqlarga egalik qilishini nazarda tutadi. Yuridik shaxsning qonuniy majburiyatga egaligini tushunish uchun, avvalo uning huquqlarga egaligini anglash zarur. Yuridik shaxs tegishli yoki mutlaq huquqlarga egaligi shuni bildiradiki, aniq shaxs yoki nomuayyan shaxslar qonun tomonidan korporatsiyaga tegishli ma`lum xatti-harakatlar uchun majbur deb topiladi va majburiyat bajarilmagan holda korporatsiya ustidan berilgan da`voga ko`ra uning ustaviga muvofiq sanksiya qo`llaniladi. Korporatsiyaga nisbatan majburiyatlariga ega bo`lish uning a`zolariga nisbatan majburiyatlariga egalik qilishdir. Biroq yakka shaxs sifatida majburiyatlarga ega bo`lish va bir necha shaxslarning majburiyatga egaligi o`rtasida korporatsiyaning a`zosi bo`lish bilan bog`liq farq mavjud. Bu farq shundan iboratki, huquqlar bilan bog`langan majburiyatlar ular buzilganda holatdagina amal qilinadi. Korporatsiyaning huquqi bilan bog`liq holatda tegishli majburiyatni shakllantiruvchi sanksiya har qanday korporatsiya a`zosi bo`lgan shaxs emas, balki uning ustavida belgilab berilgan korporatsiya nomidan ish olib borish vakolatiga ega shaxs tomonidan harakatga keltirilishi mumkin. Sanksiya orqali undiriladigan kompensatsiya korporatsiya mol-mulki hisoblanadi. Shaxsning o`z huquqi va korporatsiya mulki o`rtasidag mavjud boshqa bir farq uning amalga oshirilish usuli bilan bog`liq bo`lib, shaxs o`z huquqlaridan foydalanadi. Korporatsiyaning huquqlari har doim shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Inson huquqqa ega shaxs sifatida narsalarni iste`mol qilishi, pul sarflashi, turar-joyga ega bo`lishi, telefondan foydalanishi va boshqalarni amalga oshirishi mumkin. Mazkur holatda faqat korporatsiyaga tegishli insonlar korporatsiyaniki sifatida talqin etiladigan huquqlarga ega bo`lishi mumkin. Shunday ekan, agar klub golf kursiga ega bo`lsa, yuridik shaxs sifatida klub a`zolari kursida o`ynab mulk huquqini amalga oshiradi. Korporatsiya huquqlari kishilar tomonidan o`zining vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi, bu esa ular korporatsiya organi ekanligini anglatadi. Korporatsiya ustavida unga tegishli huquqlarni uning a`zolari tomonidan qay tarzda amalga oshirish belgilangan. Yanada umumiyroq qilib aytadigan bo`lsak, yuridik shaxsning huquqi shaxs sifatida namoyon bo`ladigan, uyushmani tashkil etuvchi huquqiy tartib tomonidan xulq-atvori tartibga solinadigan kishilarning huquqidir. Biroq ushbu huquqlardan inson xohishi bilan emas, balki belgilab berilgan tartib bo`yicha foydalaniladi.Yuridik shaxsning huquqi shaxs sifatida namoyon bo`ladigan, uyushmani tashkil etuvchi huquqiy tartib tomonidan xulq-atvori tartibga solinadigan insonlarning jamoaviy huquqidir. Hans Kelsen. General Theory of Law and State. – Cambridge: Harvard University Press, 2009. – Р.93-109,51-57. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling