Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxs
Yuridik shaxs va vakillik
Yuridik shaxsning haqiqiy mohiyati jismoniy shaxs to`g`risida xato fikrning mavjudligi tufayli noto`g`ri tushuniladi. Individ shaxs bo`la olishi uchun irodaga ega bo`lishi shart. Shaxs huquq va majburiyatlarga ega bo`lishi uning huquq va majburiyalarni yaratish va ularga rioya qilish uchun irodaga egaligini anglash orqali noto`g`ri talqin qilinadi. Natijada yuridik shaxs bo`lishi uchun korporatsiya xohishga ega bo`lishi kerak degan noto`g`ri qarash vujudga kelishi mumkin. Ko`pchilik huquqshunoslar yuridik shaxs insonda bo`lganidek xohishga ega bo`la olmasligini yaxshi anglaydi. Shuning uchun, huquqshunoslar huquqiy tartib yuridik shaxsning organlari bo`lgan insonlarga uning xohish-irodasi ifodasi sifatida korporatsiya uchun huquq va majburiyatlar yaratish huquqini beradi deb tushuntirishadi. Bu bola yoki oyparast shaxs va uning vasiyi misolida tushuntiriladi. Yuridik shaxs o`z xohish-irodasiga ega emas, lekin uning organlari sifatidagi insonlar tufayli u huquq va majburiyatlarga ega bo`lishi mumkin, xuddi shu tarzda voyaga etmagan bola yoki oyparast inson o`zining vasiyi orqali huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi. Korporatsiyaning organi uning vasiyi sifatida qaraladi. Vasiy o`z qaramog`idagi shaxs nomidan harakat qilgani singari yuridik shaxs organining xohish-irodasi korporatsiyaga tegishli deb topiladi. Shunday qilib yuridik shaxsga xos hech narsa mavjud emasligi kuzatilishi mumkin. Boshqa shaxsning xohish-irodasi har ikkala holatda ham korporatsiya yoki voyaga etmagan shaxsga taalluqli hisoblanadi. Biroq, vasiy va vasiylikdagi shaxs hamda yuridik shaxs bilan uning organi munosabatlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Korporatsiya va uning organi orasidagi munosabat inson va maxsus huquqiy tartib o`rtasidagi bog`liqlikdir. Biroq, vasiy va uning qaramog`idagi shaxs yoki vakil va direktor misolida vakillik insonlar o`rtasidagi munosabatdir. Yuridik shaxs Organ shartnomalar orqali korporatsiya a`zolari uchun jamoaviy huquq va majburiyatlar yaratadi. Vasiy va uning vasiyligidagi shaxs munosabatlari kelishuvsiz vakillik hisoblanadi. Organ va demokratik tashkil etilgan korporatsiya hamda uning a`zolari o`rtasidagi munosabat agent va direktor orasida bo`lganidek konsensual vakillik hisoblanadi. Organ korporatsiya a`zolari nomidan saylash orqali uning vakili sifatida tayinlanadi. Hech qanday analogiya organ korporatsiya vakili emas, uning a`zolari bo`lganligi sababli uning korporatsiya bilan aloqasini aniq tushuntirib bera olmaydi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling