Yuridik shaxs real borliq sifatida
Yuridik shaxs uning organi tomonidan voyaga etmagan shaxs vasiyi yoki direktor o`zining agenti orqali ifodalanganishi tufayli unga inson sifatida baho berish nazariyaning asosiy xatosidir. Аgar jismoniy shaxs inson bo`lsa, yuridik shaxs oliy shaxsdir. Faqatgina fiksiya bo`lsada, organning xohishiga ko`ra harakat qiluvchi yuridik shaxs nazariyasi davlat tomonidan tan olinadigan va ba`zi mualliflar tomonidan tan olinishi kerak deb hisoblanadigan, a`zolariga tegishli bo`lmagan, o`z xohish-irodasiga ega deb hisoblanuvchi yuridik shaxs, xususan korporatsiya to`g`risidagi nazariyadan unchalik ham farq qilmaydi. Yuridik shaxs real borliq va real xohish irodasiga egaligi to`g`risidagi nazariya ba`zan qonun chiqaruvchini korporatsiya bilan bog`liq aniq tartibga soluvchi normalar qabul qilish va bu eng to`g`ri yo`l ekanligiga ishontiruvchi kutilgan va kutilmagan tendensiyalarga ega.
Korporatsiyalar real borliq ekanligi to`g`risidagi qarashlar ibtidoiy odamlarning tabiatdagi narsalarning ruhi bor degan e`tiqodlari bilan bir xil. Аnimizmga o`xshab bu huquqiy nazariya uning obyektidan nusxa ko`chiradi. Insonlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tizim shaxslantiriladi va bu shaxslantirish insonlardan farqli, biroq ular tomonidan shakllantiriladigan yangi yuridik shaxs sifatida e`tirof etiladi. Ushbu tartib tomonidan shart qilib qo`yilgan insonlarning huquq va majburiyatlari oliy shaxs – yuridik shaxsga tegishli deb hisoblanadi. Tartib mohiyat bilan o`zgartiriladi va bu mohiyat inson va tartibdan farqli tarzda xulq-atvori tartibga solinadigan alohida birlikka sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |