Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


-Mavzu: Huquq normalarining amal qilishi va samaradorligi


Download 181.76 Kb.
bet63/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

6-Mavzu: Huquq normalarining amal qilishi va samaradorligi

Norma

Huquq samaradorligini oshirishda qonuniylikning ahamiyati nimada? Buni misollar bilan ko’rishimiz mumkin. Huquq qoidalari og’irlikni rad etgan, har qanday o’g’ri sudya tomonidan jazolanishi kerak bo’lgan. Bu qoida “subyekt “sifatida o’g’irlik sodir etgan hamda bu qoidaga itoat qiladigan barcha shaxslar uchun qat’iy kuchga ega bo’lgan. Shuningdek, bu qoida haqiqatda o’g’irlik qilgan va bu qoidani buzgan shaxslar uchun ham qonuniy kuchga egadir. Shunday ekan, aytishimiz mumkinki, qonuniylik qayerda samaradorlikka erishsa, o’sha yerda amalda bo’ladi. Shunisi aniqki, bu vaziyatda bunday ishlar sudya tomonidan talab qilib olinadi. Bu qoidalar faqat subyektlar uchun emas, balki huquq organlari tomonidan ham qonuniy kuchga ega. Natto o’g’ri qochib muvaffaqiyat qozonsa ham, qoida o’z kuchini saqlab qoladi, shuning uchun sudya uni jazolashga layoqatsiz bo’lmasligi va bu bilan qonuniylikni ta’minlashi lozim. Qoidalar sudya uchun qonuniy kuchga ega. Xo’sh qoidaning qonuniy kuchga ega ekanligining ahamiyati nimada?

Qonuniylik deganda biz normalarning aniq mavjudligini tushunamiz. Normalarning qonuniyligi deganda bir xil narsalarning mavjudligi va ularning tengligini, kishining xulq-atvori uchun qoidaning “majburiy kuch”ga ega ekanligini tahlil qilamiz. Huquq qoidalari bu normalarning qonuniyligidir. Ular aniq jazo choralarini nazarda tutadi. Lekin normaning o’zi nima?

Normaning mazmunini tushuntirishdan oldin normani bir buyruq deb faraz qilamiz. Xo’sh, Avgustin huquqni qanday xarakterlaydi? U aytadiki, hamma huquq va qoidalar bu buyruqdir, yoxud buyruqning bir turidir. Buyruq shaxs irodasining boshqa shaxslarga, ularning tabiati- axloqiga qarata qilingan ifodasidir.”Agar men boshqa shaxslarga muayyan maqsadlarda boshchilik qilsam va men buni o’z irodam deb bilsam shuning o’zi buyruqdir”, deydi Avgustin. Buyruq shakliga ko’ra iltimosdan farq qiladi. Buyruq bu shaxs irodasining qat’iy ifodasidir. Shaxs o’z kuchi, bilimi, o’ziga bo’lgan ishonchiga asoslanib o’z erk-irodasini shu qolipga solishni xohlaydi va bunga loyiq bo’lishga harakat qiladi. Buyruq qachonki muayyan shaxsga to’g’ridan to’g’ri qaratilsa, shundagina u huquqiy tus oladi, normaga aylanadi. Shaxslar o’zlariga nima buyurilgan bo’lsa o’shani bajarishga majburdirlar. Agar kattalar kichiklarni nimanidir bajarishga undasalar, bu majburiy kuchga ega emas, lekin bunday shaxslarning o’rnida bolaning otasi yoki ustozi bo’lsa, bu buyruq majburiy xarakterga egadir. Buyurish shaxsning shaxsiy fikr va manfaatlaridan ajralib turadi. Agar men buyurganlaringiz bilan ish tutmasam sizning amringiz bilan jazolanishga majburman, deydi Avgustin. Aytish kerakki, Avgustin quyidagi ikkita tushunchani bir – biriga tenglashtiradi. Bular “buyruq” va “majburiy buyruq”.

“Agar kimdir menga buyruq bersa men uni bajarishdan oldin asosiy ish bo’yicha mavjud dalillarni o’rganaman.” Agar buyruq majburiy kuchga ega bo’lsa, vaziyat boshqacha bo’ladi.

Umumiy ma’noda buyruq muhtojlarning irodasini ham ifoda etadi. Hattoki insonning so’nggi xohish-irodasi huquqiylikni ifoda etishda birinchi bo’lib tahlil qilinadi. Bunda insonning o’z o’limi bilan vafot etishi, uning irodaviy qobiliyatlari mavjud bo’lishi shart emas. Majburiy kuch bilan amalga oshiriladigan harakatlar shaxsning ruhiy holati bilan bo’g’liq bo’lmasligi kerak. Agar erk-iroda, dalillarning qonuniyligi muhimligi vasiyat qiluvchining izmida bo’lsa, majburiylik bunday irodaga tegishli bo’lmaydi. U vasiyat qiluvchining o’z erk-irodasida ifoda etilgan bo’lishi kerak.

Majburiy shartnoma tuzish uchun ikki shaxs o’z shartlarini erkin ifoda etishi lozim. Ularning roziliklari rejali, aniq va o’zaro munosabatlarda ifodalanadi. Misol uchun, ishlab chiqarish shartnomasi ikki tarafning irodasi bilan tuziladi. Taraflardan birining shartnomadan voz kechishi yoki o’z shartlarini o’zgartirishi shartnomaning o’z kuchida qolishiga ta’sir qilmaydi. Shunday ekan, shartnoma taraflarning erkiga qarshi bo’lmasligi, unda faqat bir tarafning erki ifoda qilinmasligi kerak. Shartnoma tuzishga majbur qilish, bu bilan yuzaga keladigan jarayonlar esa boshqa xil hodisalardir.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling