Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet65/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Odat huquqi
Odat huquqlari o’rganayotganimizda buyruqlar odatlardan ko’ra aniq va muqarrarligining guvohi bo’ldik. Quyidagi misol: qarzdor shartnoma bo’yicha majburiyatni bajarmaganligi uchun kreditor oldida 5 foiz miqdorida zararni to’laydi”. Tarixga yuzlanib tahlil qilsak, bu qoida odat huquqi bilan tartibga solingan. Kreditor qarzni talab qilish huquqini, qarzdor esa qarzni to’lash majburiyatini olgan.

Odat huquqlariga to’xtaladigan bo’lsak, biz odat normalarini targ’ib qilayotgan shaxsning erk irodasiga yoki buyrug’iga hech qachon qarshi chiqolmaymiz. Ya’ni, har bir qarzdor qarz olgandan keyin qarz miqdori haqidagi hech qanday kelishuvlarsiz 5 foiz miqdorida foiz to’lashi shart. Na qarzdor va na kreditor qarz bo’yicha talablarni boshqa kishilarga o’tkazishga haqli emaslar faqatgina kreditor muayyan qarzdordan qarzini to’lashni talab etadi va qarzdor ham aynan o’sha kreditor oldida javobgar bo’ladi. Odatlarning mavjudligi uning mazmuni bilan belgilangan hech qanday erk-irodani o’z ichiga olmaydi. Bu jarayon qonun chiqaruvchining erkiga ham bog’liq emas.


Majburiyat
Qachonki huquqlarda buyruq yoki qonun chiqaruvchining yoxud davlatning erki-irodasi ifodalangan bo’lsa, biz buni majoziy ma’noda tushunishimiz kerak. Odatdagidek anologiya fikrning majoziyligi uchun muhimdir. Huquqiy qoidalarni buyruq deyish oson, lekin ruhiyatga ta’sir etganda esa buyruqning ruhiy ko’rinishiga o’tadi va bu juda murakkabdir.Bu bir buyruq yoki shaxsga yuklatilgan bir majburiyat sifatida namoyon bo’ladi. Norma bu shaxsning istaklarisiz belgilangan aniq yo’ldagi majburiyatlarini bajarishidir. Majburiyat va buyruq o`rtasidagi farq qat’iy chegaralangan ko’rinishda ifodalanadi.Avgustinning fikriga ko’ra, buyruq bo’lishi uchun majburlash kuchi ifodalanishi kerak.
Norma
Norma aniq bayon etilgan fikr. U amalda sodir bo’lishi ham, qonun kuchiga bo’lmasligi ham mumkin. Agar voqea yoki hodisa ma’lum shaxsning xulq-atvoriga aloqador bo’lsa, normada shaxsning xatti-harakatlari aniq ifodalangan bo’lsa, norma ma’lum shaxsga qaratilgan bo’ladi. Buni norma va shaxs o’rtasidagi bog’lanish deb ahm tushunish mumkin. norma tushunchasi va qonunlarda belgilab o’tgan qoidalar bir-biriga o’zaro aloqadordir. Shuning uchun ular biri xulq-atvor qoidalarini ta’minlasa, boshqasi ularga ularga rioya etishni buyuradi. Kishilarning aniq xatti-harakatlarini tavsiflovchi qoidalar tomonidan huquqiy normalar yuzaga keladi va harakatda bo’ladi. Shuning uchun, huquqiy normasi tushunchasini belgilangan, amal qilishi lozim bo’lgan qoidalarsiz tushunib bo’lmaydi. Norma ijodkorligining aniq harakatlari haqidagi tavsiflar ham, norma subyektining ma’lum xulq-atvori ham norma tushunchasining o’zining maxsus ma’nosini bermaydi.

Xulosa. Norma qonun kuchiga ega bo’lgan ma’lum shaxsga qaratilgan yoki qaratilmagan xulq-atvor yig’indisidir. Norma, shuningdek, muddatsiz ham emasdir. Huquqni cheklashning fundamental asosi ham qonunda normalarda ifodalanadi.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling