Biografiya (tarjimai hol) metodi
Download 28.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqBiografiya (tarjimai hol) metodi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anketa metodi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og`zaki va yozma ma`lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tar-jimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o`zgalar ijodiga ber-gan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o`rin egallaydi. Shu bilan birga o`zgalar tomonidan to`plangan garjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, mag-nitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma`lumotlari inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatishda, uningsuhbat va tajriba metodlari bilan o`rganib bo`lmay-digan jihatlarini ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma`lu-motlar orqali ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: she`riyat, mu-siqa, nafosat, tasviriy san`at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o`ziga xosligini, shaxsning ma`navi-yat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste`dod singari fazilatlarini o`rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo`lishi, rivoj-lanishi, o`ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bil-dirgan mulohazalarda o`z ifodasini topadi. Allomalar to`g`risidagi ma`lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta`rifu-tavsiflari orqali avloddan avlodga o`tadi. Biografik ma`lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalashi, na-zorat qilishi, idora etishi, o`zining uslubini yaratishi, kamolot cho`qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o`taydi. Yosh psixologiyasida bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina kabi sobiq Ittifoq psixologlarining kuzatishlari «Ona kundaligi» nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar uzoq chet el psixologiyasida ham keng tarqalgan. Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning esdaliklari tarjimai hol shaklida bo`lib, ular bilan tanishish natijasida mu-alliflarning his-tuygusi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste`dodi, qiziqishi, intilishi, dunyoqarashi, e`tiqodi, nafosati, axloq va odobi to`g`risida ma`lumotlar olish mumkin. Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida keng qo`llaniladigan metodlardan biridir. Uningyordamidaturli yoshdagi va kasbdagi odam-larning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabat-lari o`rganiladi. Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili angla-shilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savol-ning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi va shkalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va ki-chiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida keng ko`lamda foyda-laniladi. Tarqatilgan anketalar yigishtiriladi va elektron hisob-lash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so`ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo`sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o`rganish uchun boy materigsh to`plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bu kam-chilikka yo`l qo`ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini ba-jaruvchi savollarni (kontr savollarni) ishlab chiqish maqsadga mu-vofiqdir. O`zini o`zi baholash shkalasini kasb tanlashga yo`nalti-rishni kasbiy layoqatni aniqlashni, qiziqish va motivatsiyani o`rga-nishda anketa metodi qo`llaniladi. Download 28.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling