Biografiya (tarjimai hol) metodi


Download 28.29 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi28.29 Kb.
#1520671
1   2
Bog'liq
Biografiya (tarjimai hol) metodi.

Sotsiometriya metodi.
Bu metod kichik guruh a`zolari o`rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o`rganish va ularningdarajasi-ni o`lchashda qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a`zo-ningo`zaro munosabatlarini aniklash uchun uning qaysi faoliyatida, kim bilan qatnashishi so`raladi. Olingan ma`lumotlar matritsa, gra-fik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko`rsat-kichlari guruxdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to`g`risi-da tasavvur hosil qiladi. Bu ma`lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko`rinishini aks ettiradi, xolos. Shuning uchun XX asrning oxirlarida sobiq Ittifoq psixologlari Y.L.Kolominskiy (Minsk) va I.P.Volkov (Sankt-Peterburg) tomonidan sotsiometriyaning yosh psixologiyasiga (ijtimoiy-pedagogik psixologiya sohasiga) moslab o`zgartirilgan turlari, modifikatsiyalari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini keng ifodalash im-konini beradi. Ayniqsa, sotsiometriyaning Y.L.Kolominskiy ish-lab chiqqan o`zgartirilgan turi bolalar, o`quvchilar jamoasidagi shaxs-lararo munosabatlar haqida to`laroq axborot beradi. Odatda, o`quvchilardan quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan borishni xoxlaysan?», «Kim bilan qo`shni bo`lib yashashni yoqtirasan?» Har bir savol sotsiometrik mezon (o`lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng ma`qul» deb tanlash lozim. Unga «Avval hammadan ko`ra ko`proq kim bilan birga bo`lishni xohlasang, o`shaning familiyasini yoz», «Agar sen is-tagan shaxs to`g`ri kelmasa, yana kim bilan birga bo`lishni istasang, shuningfamiliyasini yoz», «Aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxs-ning familiyasini yoz», deb uqtirish joiz.. Guruh tabaqalanishni ko`rsatish uchun sotsiogramma to`rtta «maydon»-ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o`g`il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soni-ga to`g`ri, mos keladi. Guruh a`zolarining o`zaro munosabatlari doi-racha va uchburchaklar strelkalar bilan bog`langanida o`z ifodasini topadi. Eng ko`p munosabatga ega bo`lgan sinaluvchi doiraning marka-zidan o`rin oladi. U guruh a`zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi, shaxslar bilan aloqa o`rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o`rtacha va undan kamroq tan-langan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchi-dan, shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami aniklanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o`g`il bolalar o`rtasidagi ko`rsatkichlar taq-qoslanadi. Ko`rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar yoki qizlar bilan o`g`il bolalar o`rtasidagi munosabatlar va ularning o`ziga xos-ligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g`oyalar olg`a suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.
Bu metodda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a`zolarining o`zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Maktabgacha muassasalar, maktab sinf-lari, mehnat va dam olish lagerlari, oliy maktablar, mehnat jamoa-lari va turli tashkilotlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslar-aro ziddiyat (nizo)larning sababi shu metod yordamida o`rganiladi. Turli ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar mu-ayyan tartib va qoidaga binoan sistemalashtiriladi, ularning ij-timoiy-psixologik hamda sof psixologik ildizlari to`g`risida ma`-lumotlar olinadi. Shu bilan birga guruhdagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og`machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg`uning zo`riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning mo-tivlari va uning qurilishi, jinslar o`rtasidagi muloqotlarning zamini, muomalaning maromi hamda sehri mana shu kalit bilan ochi-ladi va barqarorlik xususiyatini kasb etadi.metod
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, kasbda-gi, jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruxlaridagi psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar va yendashuvlarni tadqiq etishda unumli foydalansa bo`ladi.
2. Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha klassifikatsiyasi (tasni-fi) berilgan. Umumiy psixologiya sohasi bo`yicha xilma xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo`lib, ularninghar qaysisi to`kis-lik va nuqsonli tomonlariga ega. Quyida biz rus psixologi B.G. Ananyev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslangan holda metodlar xususiyatini yoritib beramiz.
B.G. Ananyev psixikani o`rganish metodlarining tashkiliy, em-pirik (amaliy), olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhyaash deb nomlab, ularni to`rtta katta tur-kumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi o`z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda turlarga bo`linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xusu-siy va o`ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to`xtala-miz.
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomla-nib, u o`z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko`pyoklama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. Qiyoslash metodi umumiy psi-xologiya (turli guruxlarni o`zaro solishtirish), sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhpar hamda ularning har xil toifalarini o`zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog`lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilar holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o`zaro chog`ishtirish) kabi fanlarda uchumli foydalaniladi.
Umumiy psixologiya fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odam-larningbilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini o`zlash-tirish xossalari, aqliy qobiliyati, salohiyati, taraqqiyoti dinami-kasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o`ziga xosligi, individual-tipo-logik holatlarini o`rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananyev, D.B.El-konin, P.Y.Galperin singari olimlar va ularning shogirdlari tad-qiqotlarida qiyoslash metodidan foydalanilgan. Keyingi yillarda xalq ta`limi va oliy ta`lim tizimida hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70-yillaridan e`tiboran to hozirgi davrgacha «inson omi-li» muammosining muhokamaga qo`yilishi, vaqt taqchilligi, ishchan-lik imkoniyati, qobiliyati, psixologik moslik masalalarining alo-hida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng qo`lamda qo`llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan miqdoriy ma`lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham qiyoslash meto-di ishlatiladi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o`zgarishlarni ko`ndalang kesim holatda olib qarash, tadqiqot bosqichini kesib, ya`ni vaqtin-cha to`xtatib, alohida tahlil qilish ushbu metodga borgan sari diqqat-e`tibor tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tajribaning birinchi bosqichining turli yoshdagi va jinsdagi odam-larga ta`sirini aniqlash va hokazolar shular jumlasidandir.
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longi-tyud (uzluksiz) metodi ham keng qo`lamda qo`llaniladi. Ushbu metod-ning boshqa metodlardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o`n yil-lar davomida (A.Termenning 50 yillik uzluksiz tajribasi hozircha rekord hisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan AQShlik A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Mu-xina va boshqalar ko`p davrlardan beri unumli foydalanib keladi-lar.
Download 28.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling