Psixologik korreksiya haqida tushuncha


Download 71.76 Kb.
bet1/11
Sana16.04.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1358813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
56 mavzu


Mundarija:


Kirish……………………………………………………………..…………3
1 BOB Psixologik korreksiya haqida tushuncha.
1.1. Psixokorreksiya −psixologik yordam ko’rinishi sifatida……………….5
1.2. Zamonaviy maktab sharoitida psixologik Korreksiyani tashkil etish
bilan bog’liq muammolar……………………………………...……………9
2 BOB Korreksion faoliyat shakl va metodlarini tanlashda yosh
xususiyatlarini inobatga olish.
2.1 Psixik taraqqiyot darajasini tahlil qilish………………………….……12
2.2. Korreksion ishlar jarayonida psixolog va mijoz o‘rtasidagi
munosabatni hisobga olish………………………………………………...22
Xulosa………………………………………………………………….....26
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….……..28
Kirish

Psixologiya fanining tobora ijtimoiy xayotda barqaror, ustuvor ahamiyat kasb etishi munosabati bilan korreksion psixologiyaning roli ortib bormoqda, natijada nazariyat bilan amaliyot urtasidagi jips aloqa uygunlikka ega bo’lmoqda. Psixologik xizmat ikki muxim funksiya bajarish bilan boshqa psixologiya sohalaridan farqlanib turadi, shuningdek, u tarmoqlarning sintezi sifatida gavdalanadi. Uning asosiy funksiyasidan biri – ijtimoiy xayotning turli jabhalarida (ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, sanoat, qishloq xo’jaligi, sport, transport va xokazo) psixologik amaliy xizmatni tashkil qilishdir. Psixologik xizmatning ikkinchi funksiyasi u yoki bu muassasa xususiyatidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish, natijalarni taxlil qilish, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar, qonuniyatlar bilan boyitishdir.


Psixologik xizmatning tatbiqiy jihatlari xalq ta’limi tizimi, ishlab chikarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport (xavo yo’llari, avtomobil, temir yo’l va suv transporti va boshqalar), oila, sport qo’mitasi singari tashkilotlarda uz ifodasini topmoqda. Xuddi shu maqsad moxiyatiga ko’ra, psixologiya bo’yicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlash uchun tashkiliy psixologiyadan saboq berish, amaliy ko’nikmalar shakllantirish davr talabiga aylanib qolmokda. O’zbekiston Respublikasining universitetlarida psixolog mutaxassislar tayyorlashda ilgor jaxon amaliyotidan foydalanish, etnopsixologik, xududiy xususiyatlarni xisobga olgan xolda muayyan ilmiy nazariyalar ishlab chiqish, insonlarga ta’sir o’tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maqsadga muvofiq. Quyida psixologik xizmat uyushtirishning moxiyati, psixologik testlar, metodikalar, usullar va vositalarni qp’llash, ilmiy – tekshirish o’tkazish xamda olingan natijalarni umumlashtirish, sifat, miqdor taxlilini amalga oshirish yuzasidan ma’lumot berilishiga mo’ljallangandir.
Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar.


Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling