Psixologik korreksiya haqida tushuncha


Zamonaviy maktab sharoitida psixologik Korreksiyani tashkil etish bilan bog’liq muammolar


Download 71.76 Kb.
bet3/11
Sana16.04.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1358813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
56 mavzu

1.2. Zamonaviy maktab sharoitida psixologik Korreksiyani tashkil etish bilan bog’liq muammolar.
Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo’lganligi uchun maktab psixologi universal mutaxassis bo’lishi va barcha ishlarni bajara olishi kerak. Har bir psixolog o’zining qobiliyatlari va individual psixologik xususiyatlari negizida o’zini kasbiy va shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi mumkin.
Tabiat va taqdir har bir insonga va har bir psixologga yuz, tana, ovoz, ruh, aql, temperament, xarakter, energiyani sovg’a qilganki, ularning bari konkret insonning «rang, tovush, ta’m va hid»ini, uning psixoenergetik atmosferasini tashkil qiladi.
30 yoshlardagi maktab psixologi o’qituvchilar va o’quvchilar bilan guruhiy treninglar o’tkazadi. Umuman treninglar muvaffaqiyatli o’tadi, lekin mashg’ulotlardan so’ng kuchli charchoq sezadi, kasal bo’lib qoladi. Uning fikricha, o’zini yomon his qilishi ishi bilan bog’liq. Nima uchun?
Haqiqatdan ham ayol psixologning fikri to’g’ri bo’lib, unda hayotiy tonusning pasayib ketishi u ko’p shug’ullanadigan psixologik ish usuli bilan bog’liq. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, «inson-inson» sohasida ishlaydigan mutaxassislarda, psixologiya ham ana shu fanlar sohasiga kiradi, individual yoki guruhiy ish usuliga layoqat mavjud bo’ladi.
Agar siz tabiatan guruhiy ishlarni yoqtirsangiz, charchamasdan a’lo darajada ma’ruzalar o’qiysiz, uzoq davom etadigan seminar va treninglar o’tkazasiz, individual konsultatsiyalar bo’lsa, sizda bir muncha qiyin kechadi, u ko’p energiya, kuch talab qiladi. Agar siz individual ishga layoqatli bo’lsangiz, faoliyatning guruhiy turlarini uncha yoqtirmaysiz. Mijozingiz bilan individual munosabatda bo’lishni afzal ko’rasiz.
Psixolog maktabda o’zini qanday tutishi kerak: qattiq qo’lmi yoki yumshoqmi?
Vaziyatga bog’liq ravishda, o’zining va sherigining maqsadiga ko’ra psixolog qattiq qo’l va yumshoq bo’lgan turli uslublarni egallashi lozim.
Psixolog tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda, o’z individualligidan kelib chiqib, ish tutishi kerak.
Ish texnikasini tanlash haqidagi savol bir muncha murakkab bo’lib, har qanday psixoterapevtik texnikada o’z uslubini aniqlash mumkin va o’z kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlarini ifodalash mumkin.
«O’z ish texnikasini tanlash haqida gap ketganda, ikki omilni hisobga olish darkor. Birinchidan, g’arb psixoterapevtik texnikalari Vatanimiz psixopraktikasida endi tarqala boshladi, shuning uchun u yoki bu yo’nalishdagi amaliyotchi psixologlarning yuqori kasbiy mahorati haqida gapirish erta.
Ikkinchidan, psixopraktika shunchalik ko’p qirrali va har xilki yosh psixoterapevt mijozning muammolaridan kelib chiqib, har xil texnikalarni birgalikda qo’llaydi.
O’z ishida psixoanalizni yoqtiradigan psixologlar transakt analiz bo’yicha unchalik yaxshi ishlamaydi, psixodrammaga qiziqadiganlar muloqot treningi guruhlarini zo’r bazo’r o’tkazadilar. Urinib ko’rish va xato orqali «o’z texnikasini» topish mumkin. O’zingizni kuchli va bo’sh jihatlaringizni o’rganing, imkoni bo’lsa, psixologik seminarlarga qatnashing, «bu meniki» deb his qiladigan vaqt keldi.
Maktabda asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlashni tanlash ham muammo. Maktab psixologi maktabda o’qituvchilar bilan ham, barcha yoshdagi o’quvchilar bilan ham ishlaydi. Lekin kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, ba’zi psixologlar boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan suhbatlashishni yoqtirishadi, boshqa birlari o’spirinlarning «tilini tez topadi», uchinchi birlari yuqori sinflarga kirib «yo’qolib ketadilar», to’rtinchilari o’qituvchilar bilan suhbatlashishni qoyillatadilar.
Psixolog o’zining ichki psixologik yoshiga mos bolalar bilan muloqot qilishga intiladi. Psixologiyada insonning haqiqiy yoshi (pasport yoshi) farqlanadi. Insondagi bu ikki yosh ko’pincha bir- biriga mos kelmaydi.
Psixologlarga maktabda turli muammolar bilan shug’ullanishga to’g’ri keladi. Lekin har bir psixologning maktabda sevimli mavzusi yoki muammosi bo’ladi. Uni tanlash ko’p sabablarga bog’liq: amaliy psixologning qiziqishlariga, mutaxassislik bo’yicha o’qilgan kitobga, kasbiy muloqat darajasiga, psixolog ishlaydigan maktab ehtiyojlariga, ma’muriyat, o’qituvchilarning buyurtmasiga bog’liq.
«O’z muammosini» tanlashning ko’p omillarga bog’liqligiga qaramasdan, umumiy qonuniyatlar kuzatiladi. Psixologlar «o’z mavzularini» tanlashda ikki asosiy shartga amal qiladilar.
Ko’pincha ular xarakterida va individual - psixologik portretida ortiqcha bo’lgan psixologik fenomenni o’rganishga intiladilar.
- To’g’ri fikrlaydigan universitet bitiruvchisi tadqiqot predmeti sifatida o’quvchilarning tafakkur faoliyatini tanlaydi (m: kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda iste’dodni shakllantirish, o’smirlarning aqliy faoliyatini faollashtirish va boshqalar).
SHu bilan birga ko’pchilik psixologlar shaxsiy individualligini, xarakterini, shaxsini qiziqtiradigan muammolar bilan shug’ullanishga intiladilar.


Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling