Psixologik korreksiya haqida tushuncha


BOB Korreksion faoliyat shakl va metodlarini tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga olish


Download 71.76 Kb.
bet4/11
Sana16.04.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1358813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
56 mavzu

2 BOB Korreksion faoliyat shakl va metodlarini tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga olish.
2.1 Psixik taraqqiyot darajasini tahlil qilish.
Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga psixologik jihatdan ta’sir ko’rsatishning zarur shartidir.
Psixologik Korreksiya, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan psixologik rivojlanish xususiyatlarini «to’g’rilashga» qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi.
G.S.Abramova fikricha, shaxsiy psixologik Korreksiya − odamning ichki dunyosini diskret tavsifiga (psixologning) asosli tasir qilishidir.
Odam – «Yerdagi jonli evolyutsiyaning so’nggi pog’onasidir», ijtimoiy- tarixiy faoliyat sub’ektidir.
SHaxs − ijtimoiy rivojlanish fenomeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam.
SHaxsga doir rivojlanish − ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzotning ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir.
Tabiatan berilgan anatomik-fiziologik negizga ega bo’lgan bola ijtimoiylashuv jarayonida shaxs sifatida shakllanar ekan, insoniyatning yutuqlarini o’zlashtirib olam bilan o’zaro ta’sirga kirishadi. Ushbu jarayonda yuzaga kelgan qobiliyat va vazifalar shaxs sifatlari kabi shakllangan odam sifatlarini takror ishlab chiqaradi.
Individ − (individuum ) inson zotiga taalluqli alohida birlikdir; qurol, ramzlardan foydalanuvchi va ular orqali shaxsiy fe’l-atvori va psixik jarayonlarga ega bo’luvchi, tabiiy (biologik) chegaradan tashqariga chiquvchi ijtimoiy mavjudot. Ushbu tushuncha bilan individuallik tushunchasi chambarchas bog’liqdir, u boshqa odamlardan ijtimoiy jihatlari bilan ahamiyatli farqlanadigan odamdir. Yosh esa shaxsiy rivojlanishning vaqtinchalik xususiyatlarini belgilash uchun xizmat qiladigan turkum. Psixologiyada yoshning xronologik tushunchalari muhokama qilinadi, xronologik yosh –«pasportda belgilangan» yoshdir, psixologik yosh − xronologik yoshdan farqli ravishda organizm shakllanish qonuniyatlari; yashash, o’qish va tarbiyalanish sharoitlarini asoslaydigan hamda muayyan tarixiy kelib chiqishga ega, ontogenetik rivojlanishning o’ziga xos, aniq sifat tushunchasini bildiradi.
Yosh inqirozi − keskin psixologik o’zgarishlar bilan xarakterlanadigan ontogenezning alohida, nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy va jarohatli xarakterga ega tangliklardan farqli ravishda shaxs rivojlanishining izchillik qonuniyatlariga bo’ysunadi.
Stress − turli xil ekstremal ta’sirlar − stressorlarga javoban yuzaga keluvchi, keng doiradagi holatlarni belgilovchi holat.
Frustratsiya – ma’lum maqsad yo’lidagi mavjud mavhum to’siqlarni paydo bo’lishiga nisbatan hosil bo’ladigan muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechiruvchi ruhiy holat.
Psixokorreksiya ning asosiy maqsadi mijozning yosh va tur xususiyatlaridan, uning sub’ektiv voqeligidan kelib chiqib shaxsiga doir resurslarini faollashtiruvchi va me’yorga mos keluvchi holatga olib kelishdir.
Psixokorreksion faoliyatni olib borishdagi asosiy vazifa amaliy psixologning tizimli ish bosqichlarini amalga oshririshga yordam beruvchi psixik taraqqiyot me’yorlarini o’rganishdan iborat. Psixik taraqqiyotning quyidagi bosqichlari ajratib ko’rsatiladi:
1. Neyropsixologik daraja. Bunda amaliy psixolog psixodiagnostik ma’lumotlarni tahlil qilgan holda tadqiq qilinayotgan hodisaning miya faoliyati bilan bog’liq jihatlari haqida xulosa chiqara oladi. Miyaning funksional tuzilishi, uning mahalliy shikastlanishi, miya faoliyati lokalizatsiyasining asosiy qonun-qoidalari haqidagi ma’lumot korreksion ish jarayonida kerakli vosita va ta’sir usullarni tanlashga yordam beradi.
2. Umumpsixologik daraja. Inson ichki olami xususiyatlarining asosiy qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
3. Yosh psixologik daraja. Amaliy psixolog tomonidan umumpsixologik ma’lumotlarni kontkretlashtirish va individuallashtirishga xizmat qiladi.
2.2. Korreksion ishlar jarayonida psixolog va mijoz o‘rtasidagi munosabatni hisobga olish
Psixoanaliz, bixeviorizm, gumanistik konsepsiya, ekzistensial yo’nalish, kognitiv xulq-atvor yo’nalishi, psixodinamik yo’nalish, analitik individual psixokorreksiya , mijoz-markazlashgan yondashuv.


  1. Download 71.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling