Psixologik korreksiya haqida tushuncha


Download 71.76 Kb.
bet5/11
Sana16.04.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1358813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
56 mavzu

Psixoanaliz (Z.Freyd)

Psixoanaliz ta’limoti ongdan siqib chiqarilgan istak-mayllar yana ong sohasiga o’tkazilib, katarsis yo’li bilan ruhiy jarohat yetkazuvchi kechinmalarni anglatish orqali yordam berishga asoslanadi. Bunda erkin assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qarshiliklar, transferlar, yanglish harakatlar tahlili usullaridan foydalaniladi. Quyida ushbu usullarga qisqacha izoh berib o’tamiz:
1. Erkin assotsiatsiyalar metodi. Psixolog mijozga o’z kechinmalari bilan bog’liq xohlagan assotsiativ fikrlarini aytishni taklif etadi. O’zi esa faqatgina aytilayotgan fikrlar mazmuniga emas, balki voqealar ketma-ketligi hamda mijoz tahlil qilishdan qochayotgan jihatlarga e’tiborini qaratadi.
2. Tushlar talqini. Z.Freydning fikricha, tush ongsizlik sohasiga boruvchi eng qisqa yo’ldir. Aynan tush vaqtida “Men”ning himoya mexanizmlari susayib, ongdagi yashirin xohish va kechinmalar namoyon bo’ladi. Amaliy psixologning vazifasi – tushning mazmunini ochish va mijozga aynan shu tush vujudga kelishiga sabab bo’lgan holatni o’rganishga yordam berishdan iborat;
3. Qarshiliklar tahlili. Bu usulni qo’llashdan maqsad – muammoni real idrok etish uchun aynan qanday psixologik himoya mexanizmi to’sqinlik qilayotganini va qanday vaziyatda himoya funksiyasiga ehtiyoj sezilmasa-da, ushbu mexanizmning ishtirok etayotganini aniqlashdan iborat;
4. Ko’chirish tahlili. Klassik psixoanalizda mijozning avval boshdan kechirgan psixologik jarohatlari bilan bog’liq emotsiyalarini psixologga ko’chirishining tahlili ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu psixologga mijozning psixologik muammolari sababini kuzatish va tahlil qilish hamda mijoz xulqining aynan bu shakli vujudga kelishini yuzaga keltirgan omillarni aniqlashga yordam beradi.
5. Interpretatsiya. Maslahat jarayonida interpretatsiyaning o’rnini baholash qiyin. Bu metod mijozga o’z kechinma va xulq-atvorining yashirin hamda noaniq sabablarini aniqlashga yordam beradi. Ammo bu jarayonni amalga oshirish psixologdan ehtiyotkorlikni talab etadi. Interpretatsiya jarayonida psixolog mijoz qabul qilishi mumkin bo’lgan jihatlarnigina tushuntirishi, unga tushunarli bo’lgan tilda suhbatlashishi lozim.
Yuqorida keltirib o’tilgan tavsif klassik psixoanalizga xos, ammo psixoanalitik terapiyaning boshqa shakllari ham mavjuddir. Psixoanalitik terapiyaning haqiqiy psixoanalizga aloqasi doirasida ikkita nuqtai nazar mavjud:
a) psixoanalitik psixoterapiya psixoanalizdan sifat mazmuniga ko’ra farq qiladi;
b) psixoanalitik psixoterapiya psixoanalizdan miqdor mazmuniga ko’ra farq qiladi.
Birinchi fikrga muvofiq, analitik bilan mijozning faol ishtiroki ko’zda tutiladigan psixoanalizdan farqli o’laroq psixoanalitik psixoterapiyada mijoz uchun davolanishga muhtoj bemor roli ajratiladi.
Ikkinchi nuqtai nazarga ko’ra, psixoanalitik psixoterapiya ruhiy kasalliklarni davolash metodi sifatida psixoanalizdan seanslarning davomiyligi va soni bilan farq qiladi. Terapevtik seanslar psixoanalitik seanslarga nisbatan soni va kam davom etish jihati bilan farqlanadi.
Har ikkala fikrni solishtirib shunday xulosaga kelish mumkin: birinchidan, analitik psixoterapiya mijozda namoyon bo’ladigan u yoki bu belgilarning ongsizlik mazmunini ochishga ko’proq e’tibor berib, klassik psixoanalizga o’xshab ketadi; ikkinchidan, terapiyaning ushbu turi psixoanalitik usullar yordamida shaxsni yoppasiga taftish qilmasligi bilan psixoanalizdan farqlanadi. Terapevt ruhiy buzilishning paydo bo’lishi va surunkali kechishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan mijoz psixikasining qirralarinigina tekshiradi.
Qisqa psixoanalitik terapiyada esa terapevtik faollik darajasi oddiy psixoanalitik terapiyadan, xatto, psixoanalizning o’zidan ham yuqoridir. Qisqa psixoanalitik terapiya diqqatni mijozining qator ziddiyatlariga emas, balki markaziy ziddiyatlarga jamlaydi, fokuslashtiradi. SHuning uchun bu terapiyani ko’p hollarda fokusli (yoki konsentratsiyalashgan) terapiya (Fokal Therapie) deb atashadi. Qisqa terapiya seanslari 10 tadan 30 tagacha bo’lishi mumkin. Ko’rib chiqilayotgan kasallik genezisida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmagan va tahlil jarayonida aniqlanmagan zararli ziddiyatlar hisobga olinmaydi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling