Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norma va akt
Meyoriy va meyorsiz Normalar.
Shartli va shartsiz normalar. Umumiy huquq normalari doimo taxminiy tavsiflar shaklida bo’ladi. Sanksiya normaning shartliligini ifodalaydi. Sanksiya normaning majburlov qismidir. Shuningdek, alohida shaxsga qaratilgan normalar taxminiy shakliga ham egadir. Sud qarori eslatib o’tamiz. Fuqarolik sanksiyasi sud tomonidan tayinlangan qarorga, yurish-turish qoidasiga amal qilmagan ayblanuvchiga bajarilishi shart bo’lgan majburiyatdir. Ammo, yuqoridagi misolga qarasak, aniq shaxsga qaratilgan norma taxminiy emas, aniq tavsifga ega bo’lmoqda. jumladan, qachonki jinoyat ishi qo’zg’atilganda ma’lum shaxsga qaratilgan aniq jazo, ya’ni aybdorning 2 yil qamoqda jazo o’tashi, sudning aniq shaxsga qaratilgan qarori umumiy normaning asosi, ammo umumiy norma emas. Ayblanish 2 yilga shaxsni erkinlikdan mahrum qilishdir. Norma va akt Sud qarorini bajarish jarayonning amalga oshishidir. Ayblov qamoqda 2 yil saqlashdan iborat, ammo bu huquqiy norma emas. Agar biz jarayonni huquqiy akt sifatida topsak, bu akt ham qonunga tegishli bo’ladi. Bu esa huquqni norma sifatida ko’rish tor tushuncha ekanligini anglatadi. Faqatgina qonuniy normalarni bajarish yoki qo’yilgan shartlarni bajarish uchun ko’rsatma emas, balki qonuniy normalar asosida qabul qilingan aktlar hamdir. Qonunning tartibga solinishi eng keng muhokama qilinadigan va nazariy jihatda boshqa jarayonlardan farq qiladi. Huquqiy norma, umumiy yoki shaxsga qaratilgan normalarning ishlab chiqilishida huquqiy aktlarning amalda bo’lishi ham normaning ahamiyatini belgilaydi. Akt bu aniq huquqiy hujjatdir. Chunki, u huquqiy normalar tomonidan amalga oshirilgan. Aktlarning huquqiy sifati ularning huquqiy normalarga aloqadorligida ifodalanadi. Akt huquqiy hujjatdir, chunki u huquqiy normalar tomonidan aniqlanadi. Qonun normalar va aktlardan tashkil topgan deb hisoblash xatodir. Bu normalarga asoslangan huquqiy normalar va huquqiy aktlar qonundir deb aytsak juda ham to’g’ri bo’lardi. Agar biz xolisona baho bersak, aniqlangan huquqiy aktlarga faqatgina norma sifatida e’tibor qaratishimiz lozim, agar biz huquqiy buyruq to’liq shakl deb hisoblasak. Agar biz boshqa tarafdan qarasak, qonun ijodkorligi va qonun ijrosini ko’rishimiz mumkin. Qonun statik va dinamik qarashlari o’rtasidagi muhim farqni kechroq payqashimiz mumkin. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling