Shartnoma
Vasiyatnoma va uning belgilari
Fuqarolik huquqining tipik huquqiy kelishuvlaridan biri shartnoma hisoblanadi. U ikki yoki undan ortiq shaxslarning bir xildagi kelishuvlaridan iborat bo`ladi. Shartlashayotgan tomonlarning aniq xulq-atvoriga yo`naltirilgan bo`ladi. Huquq tartib, intizom bo`lishi mumkin, ammo ushbu shartlar huquqiy jihatdan maxsus shaklga ega emas. Lekin taraflar har doim o`z xohishlarini namoyish eta bilishi kerak.
Oferta va aksept
Taraflarning bir- xil mazmundagi fikrga kelishi shartnoma tuzish uchun yetarli bo`lmaydi. Bir tomonning bayonoti ikkinchi tomonga yo`naltirilishi va qabul qilinishi kerak. Shuning uchun, shartnoma tuzilish jarayonlari oferta va aksept qismlaridan iborat bo`ladi.
Oferta jo`natuvchi aksept qilinguncha o`zining ofertasidagi shartlarni o`zgartirishi mumkin. Shuningdek, oferta jo`natuvchi uni ma`lum vaqt davomida qabul qilinishini ta`minlash uchun aksept qilish muddatini ham belgilashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |