Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila


Download 41.5 Kb.
bet5/7
Sana01.03.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1241104
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

 NAVOIY TUYUQLARI TAHLILI
Turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she'riy shakllaridan biri tuyuq bo'lib, o'zbek adabiyoti tarixida uning yuzlab namunalari yaratilgan. Alisher Navoiy tuyuq yozishning qonun - qoidalarini nazariy jihatdan asoslab bergan hamda amaliyotchi shoir sifatida uning mumtoz namunalarini yaratib qoldirgan.Navoiy lirik merosidan o'n uchta tuyuq o'rin olgan. Ulug' shoir boshqa janrlarga nisbatan kam tuyuq yozganligining sababi tuyuq yaratishning murakkabligida emas, balki mutafakkir shoir jiddiy va yirik turlarda ko'proq qalam tebratganidadir. Navoiy oz tuyuq yaratganiga qaramay, uning tuyuqlari yuksak badiiy mahorat mahsuii sifatida turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari hisoblanadi.Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning birinchi nazariyotchisi sifatida ushbu she'riy shaklning asosiy xususiyatlarini “Mezon ul-avzon”da quyidagicha ko'rsatadi: “Yana turk ulusi, bataxsis chig'atoy xalqi aro shoye' avzondurkim, alar sunidlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi tuyug'dirkim, ikki baytqa tnuqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg'ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:
Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,

Yo magar shahdu shakar yolabmudur.

Jonima payvasta novak otqali,

G'amza o'qin qoshig'a yolabmudur
Navoiyning bu so'zlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib olamiz. Birinchisi shuki, tuyuq turkiy qavmlar qo'shiq qilib bazmlarda, to'ylarda, yig'inlarda aytadigan vaznlardan birida yaratilarkan. Bu tuyuqning ashulabop va ommafahm she'r turi ekanligini anglatadi.
Ikkinchi xususiyati shuki, tuyuq ikki bayt, ya'ni to'rt misradan tashkil toparkan. Uchinchi xususiyat shuki, shoir mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq ay- tishga intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. To'rtinchi xususiyat shuki, tuyuq, albatta, ramali musaddasi maqsur vaznida bitiladi. Tuyuqning yana bir asosiy xususiyati borki, u o'z davrida ma'lum va mashhur bo'lgani uchun Navoiy uni aytishni lozim topmagan. Bu tuyuqning nomi va janr xosiyati tuyg'u bilan bog'liqligidir. Chinakam tuyuq shoir tuyg'ularining tug'yonga kelishi samarasidir. «Tuyuq» — «tuymoq» fe'lidan olingandir. Tuyuq uni o'qigan yoki eshitgan kishilarning tuyg'ulariga ta'sir etadi. Tuyuqning badiiy mazmunini tuygan kishilarning tuyg'ulari tug'yonga keladi. Tuyuq adabiyot ixlosmandlarida she'rning badiiy nozikliklarini tuya olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tuyuq ishqiy falsafiy, axloqiy va boshqa mavzularda ham yaratilishi mumkin.Tuyuqlar tahlilini Navoiy keltirgan namunadan boshlaymiz. Mazkur tuyuq seviklini vasf etishga bag'ishlangan. Tuyuq “yolabmudur» tajnisi asosiga qurilgan. «Tajnis» — bir jins, ya’ni shakldagi so'zning turlicha ma'nolar ifodalashi san'atidir. “Yolabmudur” tuyuqning uch misrasida takrorlanib, uch xil ma'no ifodalashga xizmat qilgan. Dastlabki ikki misrada e'tibor yorning lablarini madh etishga qaratilgan. Tuyuqning xos belgilaridan yana biri shuki, unda yengilgina hazil-mutoyiba ruhi sezilib turadi. Lirik qahramon yorning yoqutday lablari haqida o’y surarkan, «tajohuli orifona» - bilib bilmaslikka olish yoxud donishmandlarcha nodonlik izhor etish usuli asosida ish tutib, “Yo rab” deya hayratlanadi: «U - labmikin, shakarmikin, asalmikin?! Yo magarkim, yorim asal bilan shakar yalaganmikin-a?!» Uchinchi, to'rtinchi misralarda e'tibor qosh tasviri va ta'rifiga qaratilgan. Bunda ham mutoyiba tarzidagi taajjublanish bor: «Bu — yorimning qoshlarimikin yoki u turning jonimga uzluksiz o'qlar otish maqsadida noz-karashma oqlarini qoshlariga tizib yoylabdimi?!» Demak, tuyuqda oshiqona bir mazmun mutoyiba tarzida, tajnis usuli asosida ifodalangan. Tajnisga nishon bo'lgan so'z birinchi misrada “yalabdimikan», ikkinchi misrada «yalabdimikin», to'rtinchi misrada «yo (y) labdimikin» ma'nolarida mahorat bilan qo'llangan.

Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling