Haqida to‘xatilib o‘tsak
Download 442.97 Kb. Pdf ko'rish
|
32 Frilanserlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak, frilans o‘zi kim
3.2. Mavzu: FRILANSERLIK So‘ngi vaqtlarda “frilans” so‘zi juda mashxur bo‘lib bormoqda Keling, sizga ushbu videorolik orqali frilanserlar kim va ularning afzallik hamda imkoniyatlari haqida to‘xatilib o‘tsak. Demak, frilans o‘zi kim? Frilanser (ing. free – bo‘sh; lancer – nayzachi) – erkin ishchi bo‘lib, asosan, bir martalik yoki mavsumiy xizmatlarni bajarish uchun yollangan va buyurtma asosida qaysidir ish yoki xizmatni kelishilgan haq evaziga belgilangan vaqt davomida amalga oshirib beruvchi shaxs. Frilanser atamasi ilk bor 1819-yilda Valter Skotning «Ayvengo» asarida «o‘rta asr yollanma jangchisi»ga nisbatan qo‘llanilgan. O‘rta asrlardagi yollanma jangchilar frilanser nomi bilan atalgan. Ular yuk tashishgan, kerakli odamlarni qo‘riqlagan, janglarda qatnashgan va bajargan ishlari uchun mo‘maygina haq olishgan. Firlanserlar - qo‘shimcha yoki to‘liq ish vaqti rejimida kasbi, tajribasi va qobilyatlaridan kelib chiqqan holda online yoki ofline tarzda o‘z xizmatlarini taklif etuvchi mutaxassis, oddiy qilib aytganda qisqa muddatli yollanma ishchilar deb ataladi. Ko‘p hollarda frilans faoliyati masofadan turib amalga oshiriladi va bu bilan ko‘pchilikning hayoti yengillashadu, zero, har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha ishda o‘tirib yo‘l yurishi va tushlikka mablag‘ni sarflashga hojat qolmaydi. Frilanserlik orqali istalgan joyida, istagan ishni istalgan muddatda bajarish mumkin. 2020 yil 8 iyundagi 4742 sonli PKarorda ham aynan frilanserlikni rivojlantirishga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib: internet tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin: ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar — norezidentlardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish; kontrakt tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish). Demak, frilanserlikning ustunlik jihati – dunyoning istalgan joyidan turib istalgan mamlakatdagi loyiha bo‘yicha haq evaziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi. Frilanserlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan kasblar quyidagilar bo‘lib, bular: Dasturchi (IT) Dizayner (web-dizayn, illustratsiya) Kopirayter (kopirayt, rerayt, tarjima qilish) SEO-mutaxassis (saytlarni yurgazish) 3D-modellashtirish bo‘yicha mutaxassislar Poligrafiya maxsulotlari bo‘yicha verstalshik Marketolog (reklamachi) Injener, arxitektor Autsorser, konsultant, kouch (biznes trener) Fotograf, jurnalist; yurist va advokat; biznes trener; rassom, arxitektor va muhandis; loyihalovchi; reklamachi, marketolog va boshqalar. Download 442.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling