Haqida to‘xatilib o‘tsak
Frilanserlikning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat
Download 442.97 Kb. Pdf ko'rish
|
32 Frilanserlik
Frilanserlikning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:
Daromadning beqarorligi Yangi buyurtmalarni doimiy ravishda izlash, ularga vaqt sarflash, ba’zan frilans-sayt va reklamalar uchun pul sarflash O‘z-o‘zini rag‘batlantirish va vaqtni boshqarish Doimo aloqada bo‘lish. Internet va mobil aloqaning uzluksiz ishlashini kuzatib borish Demak, frilanser bu o‘z professional xizmatlarini soat, kun yoki loyiha bo‘yicha sotadigan yakka tartibdagi tadbirkor. Bugungi kunda rivojlangan jamiyatda professional frilanser bo‘lish uchun quyidagi ushbu ikki narsani bilish talab etiladi! Bular: 1. Hard skills, ya’ni qattiq kompetensiyalar bo‘lib, bunga tanlangan sohadagi kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalar, tajribalar hisoblansa, 2. Soft skills, ya’ni yumshoq kompetensiyalar hisoblanadi, bunda insonning shaxsiy sifatlari bog‘liq bo‘lib, ularga insonlarni to‘g‘ri muloqot qilish, jamoaviy ishlash, emotsiya va stressni boshqara olish, liderlik qobiliyati, insonlarni boshqarish qobiliyati, taym menejment, tizimli va strategik fikrlarash qobiliyati, muzokara olib boorish, muammolarni hal qilish, kreativlik, qaror qabul qila olish kabi ko‘nikmalarga aytiladi. “Soft Skills” insonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish harakatlari bilan bog‘liq emas, lekin ushbu kompetensiyalar unga o‘z kasbida yuqori natija va samaradorlikka erishishga imkon beradi va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Ushbu ikki xislatlarni rivojlantirish nafaqat frilanserlik, balki umuman hayotda ham muvaffaqiyatli bo‘lishda juda katta rol o‘ynaydi. Demak, frilanser ishining asosiy printsipi shundaki, u mijoz bilan bevosita bog‘lanadi. Qulaylik shundan iboratki, mijozga u buyurgan narsasini olish kafolatlanadi, frilanser esa o‘z haqini oladi. Frilanserni topish uchun mijoz o‘z buyurtmasini va to‘lashga tayyor bo‘lgan narxini joylashtirgan maxsus saytlardan foydalanadi. Frilanser bunday takliflarni va narx/sifat nuqtai nazaridan unga ma'qul bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqadi, u ishni bajarishga tayyorligi haqida ariza beradi. Mijoz uchun birinchi rolni narx / sifat nisbati va ish tezligi o‘ynaydi. Uning uchun frilanserning yoshi, ma'lumoti, jinsi va joylashuvi muhim emas. Bizning odatiy ishimizda bu parametrlar muhim rol o‘ynashi mumkin edi. Nima uchun frilanserni yollash foydali? Ish beruvchilar uchun ofis xodimlaridan ko‘ra frilanserlarni yollash foydaliroq. Buning bir qancha yaxshi sabablari bor: Ijara to‘lash shart emas Xodim uchun pensiya badallarini to‘lash shart emas To‘lov faqat natijalar uchun Ijrochilarni tanlashda moslashuvchanlik. Siz ularni tezda o‘zgartirishingiz mumkin. Umuman olganda, mustaqil ish arzonroq. Demak, siz ham uyda o‘tirib, o‘zingiz ishlab chiqqan yoki taayyorlagan mahsulotingizni internet orqali sotishingiz va yuqori daromad manbaiga ega bo‘lishingiz mumkin. To‘g‘ri bugungi kunda juda ko‘p frilanserlar bo‘lishi mumkin, lekin Internetda hamma uchun etarli ish bor. Siz shunchaki mijozingizni kuzatishingiz va siz uni qanchalik faol kuzatsangiz, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yoqotmaslik. Agar siz nimani xohlayotganingizni aniq bilsangiz, diqqatni jamlash osonroq bo‘ladi, va siz belgilangan maqsad sari juda tez yetasiz. Download 442.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling