Haqida to‘xatilib o‘tsak


Download 442.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi442.97 Kb.
#1315917
  1   2   3
Bog'liq
32 Frilanserlik



3.2. Mavzu: FRILANSERLIK 
So‘ngi vaqtlarda “frilans” so‘zi juda mashxur bo‘lib bormoqda Keling, sizga 
ushbu videorolik orqali frilanserlar kim va ularning afzallik hamda imkoniyatlari 
haqida to‘xatilib o‘tsak. 
Demak, frilans o‘zi kim? 
Frilanser (ing. free – bo‘sh; lancer – nayzachi) – erkin ishchi bo‘lib, asosan, 
bir martalik yoki mavsumiy xizmatlarni bajarish uchun yollangan va buyurtma 
asosida qaysidir ish yoki xizmatni kelishilgan haq evaziga belgilangan vaqt 
davomida amalga oshirib beruvchi shaxs. 
Frilanser atamasi ilk bor 1819-yilda Valter Skotning «Ayvengo» asarida 
«o‘rta asr yollanma jangchisi»ga nisbatan qo‘llanilgan. 
O‘rta asrlardagi yollanma jangchilar frilanser nomi bilan atalgan. 
Ular yuk tashishgan, kerakli odamlarni qo‘riqlagan, janglarda qatnashgan va 
bajargan ishlari uchun mo‘maygina haq olishgan. 
Firlanserlar - qo‘shimcha yoki to‘liq ish vaqti rejimida kasbi, tajribasi va 
qobilyatlaridan kelib chiqqan holda online yoki ofline tarzda o‘z xizmatlarini taklif 
etuvchi mutaxassis, oddiy qilib aytganda qisqa muddatli yollanma ishchilar deb 
ataladi. 
Ko‘p hollarda frilans faoliyati masofadan turib amalga oshiriladi va bu bilan 
ko‘pchilikning hayoti yengillashadu, zero, har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha ishda 
o‘tirib yo‘l yurishi va tushlikka mablag‘ni sarflashga hojat qolmaydi. Frilanserlik 
orqali istalgan joyida, istagan ishni istalgan muddatda bajarish mumkin. 
2020 yil 8 
iyundagi 4742 sonli PKarorda ham aynan frilanserlikni rivojlantirishga alohida 
to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib:
internet tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi 
band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin:
ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va 
yuridik shaxslar — norezidentlardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo 
operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni 
kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga 
qabul qilish; 
kontrakt tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul 
qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), 
shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik 
shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish). 
Demak, frilanserlikning ustunlik jihati – dunyoning istalgan joyidan turib 
istalgan mamlakatdagi loyiha bo‘yicha haq evaziga xizmat ko‘rsatish 
imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi. 
Frilanserlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan kasblar quyidagilar 
bo‘lib, bular: 
 
Dasturchi (IT) 
 
Dizayner (web-dizayn, illustratsiya) 
 
Kopirayter (kopirayt, rerayt, tarjima qilish) 
 
SEO-mutaxassis (saytlarni yurgazish) 


 
3D-modellashtirish bo‘yicha mutaxassislar 
 
Poligrafiya maxsulotlari bo‘yicha verstalshik 
 
Marketolog (reklamachi) 
 
Injener, arxitektor 
 
Autsorser, konsultant, kouch (biznes trener) 
 
Fotograf,
 
jurnalist; 
 
yurist va advokat; 
 
biznes trener; 
 
rassom, arxitektor va muhandis; 
 
loyihalovchi; 
 
reklamachi, marketolog va boshqalar. 

Download 442.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling