Haqidagi fan
Download 93.79 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Metrologik oʻlchashlarga boʻlgan talabning oshishi. Tayanch soʻzlar
- 1.1 - rasm. Metrologiya fani shugʻullanadigan masalalar. 1.2-rasm. Metrologiyaning boʻlimlari.
1-MAVZU: KIRISH. METROLOGIYA OʻLCHASHLAR HAQIDAGI FAN Reja: 1.1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. 1.2. Fanning rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumotlar. 1.3. Oʻlchashlar nazariyasi haqida. 1.3. Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni. 1.4. Metrologik oʻlchashlarga boʻlgan talabning oshishi. Tayanch soʻzlar: metrologiya, nazariy metrologiya, amaliy metrologiya, qonunlashtiruvchi metrologiya, bilish, bilish predmeti, empiric bilish, nazariy bilish, ilmiy muammo, ilmiy gipoteza. 1.1. Metrologiya haqida tushuncha va unga oid ta’riflar. Metrologiya fan sifatida oʻlchashlar, ularga bogʻliq va tegishli boʻlgan qator masalalarni oʻz doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan boʻlib, oʻlchash, oʻlcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushun- chasini oladigan boʻlsak, metrologiya - oʻlchashlar haqidagi fan. Oʻz DSt 8.010.1:2002 “Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va umumiy atamalar” davlat standartida “metrologiya” atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan: Metrologiya - oʻlchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan [14]. Metrologiya fani shugʻullanadigan asosiy masalalar 1.1-rasmda koʻrsatilgan. 1.1 - rasm. Metrologiya fani shugʻullanadigan masalalar. 1.2-rasm. Metrologiyaning boʻlimlari. Nazariy metrologiya: “Metrologiya asoslari” fanining nazariy metrologiya boʻlimi: - bilish nazariyasining metrologiyadagi tutgan oʻrni: - metrologiyaning aksiomalari va postulatlari; - oʻlchashlar; - oʻlchash jarayoni, oʻlchash jarayonining medeli va modellashtirish; - oʻlchashlarning klassifikatsiyasi; - oʻlchanadigan kattaliklar, oʻlchanadigan kattaliklarning shkalasi, reperli (tayanch) nuqtalar; - tasodifiy kattaliklar nazariyasining asosiy tushunchalari; - tasodifiy kattaliklarning taqsimot qonunlari; - tasodifiy elementar funksiyalar va ularning taqsimoti; - ehtimolliklarning taqsimotini sonli xarakteristikalari; - oʻlchash xatoliklari; ularning turlari, tasodifiy xatoliklar, ularning ehtimoliy funksiyalari; - oʻlchanadigan kattalikning chinakam qiymatini va oʻrtacha kvadratik ogʻishini aniqlash va nuqtali baholash; - oʻlchash xatoliklarining ishonchli intervali va ishonchli chegaralarini aniqlash va baholash; - muntazam xatoliklar, ularning turlarini aniqlash va ularni bartaraf etishning asosiy uslublari; - bir marotaba va koʻp marotaba oʻlchash natijalariga matematik qayta ishlov berish; qoʻpol xatoliklarning namoyon boʻlishini aniqlash; - oʻlchashlar noaniqligini baholash; - noaniqlik manbalarining namoyon boʻlishi; - oʻlchashlar noaniqligining umumiy klassifikatsiyasi; - noaniqliklarni miqdoriy jihatdan tafsiflash; - korrelyatsiya tahlili; - standart noaniqliklar qiymatini hisoblash; - standart noaniqlikni A tipi boʻyicha, B tipi boʻyicha baholash; - noaniqlik toʻgʻrisida hisobot tuzish; - oʻlchash vositalarining klassifikatsiyasi; oʻlchash vositalarining metrologik xarakteristikalari; - etalonlar, etalonlarning metrologik tabaqalanishi; - kattalik birliklarining uzatish tizimi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Download 93.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling