Haqidagi fan


Bilish – bu odam ongida tashqi dunyoni aks ettirilishidir. Ilmiy jihatdan bilish nazariyasining asosiy vazifasi


Download 93.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana21.10.2023
Hajmi93.79 Kb.
#1714368
1   2   3   4   5   6   7   8
Bilish – bu odam ongida tashqi dunyoni aks ettirilishidir.
Ilmiy jihatdan bilish nazariyasining asosiy vazifasibarcha obyektiv 
qonunlarni anglash, namoyon etish boʻlsa, uning maqsadi esa obyektiv haqiqatga 
erishishdir. Shuning uchun, ilmiy bilishning xarakterli tomoni obyektivlik 
hisoblanadi. 
Bilishni manbai, uning asosi, uning harakatlanuvchi kuchi – amaliyotdir. 
Amaliyot kishilik jamiyatining ehtiyojini hisobga olib yer maydonlarining 
yuzalarini, masofalarini, jismlarning oʻlchovlarini, massalarini, vaqtni va h.k. ni, har 
xil tabiatdagi jarayonlarni yuzaga kelish sabablarini, manbalarni bilishni, aniqlashni 
taqozo etadi. Va albatta bular, muayyan matematik bilimlar hosil boʻlishiga olib 
kelgan. Barcha bilishlik jarayoni amaliyotni vazifasi va ehtiyojidan kelib chiqadi va 
u muayyan muammolarni hamda ularni yechimini talab etadi. Bilishni asosi 
amaliyot hisoblanadi, chunki bilish texnik vositalar, asboblar, qurilmalar, uskunalar 
yordamida amalga oshiriladi. Bunda tadqiqotchining vazifasi nafaqat atrof muhit 
(dunyo) dagi hodisalar, jarayonlar, voqealarni bilish va ularni tavsiflash, balki 
olingan bilimlarini oʻzlarining moddiy va manaviy ehtiyojlarini, kishilik jamiyatini 
rivojlanishi uchun va nihoyat hayotlarini yaxshilashda qoʻllashdir. 
Bilishning shakllari ikki xil koʻrinishda boʻladi (1.3-rasm). 
1.3-rasm. Bilish shakllari. 
 


Ilmiy bilish (anglash) – bu bir butun tizim boʻlib, nihoyatda murakkab 
strukturaga ega. Bu strukturalarning asosiy elementlari quyidagilar hisblanadi:
- material, omillar, tushunchalar;
- ilmiy gipotezalar; qonunlar;
- konsepsiya (prinsip) va nazariyalar.
Ilmiy bilish ikkita asosiy darajani oʻz ichiga oladi: empirik va nazariy.
Empirik darajada sezgi orqali bilish ustun turadi. Bunda asosan hodisa va 
moddalarning tashqi jihatlari boʻyicha faktlar yigʻiladi. Empirik darajada bilish 
obyektni kuzatish, solishtirish, oʻlchash, eksperiment, tahlil qilish yoʻli va vositalari 
yordamida tekshiriladi.

Download 93.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling