Har bir guruh uchun ekskurssiya o’tkazish rejasini tuzish reja: Ekskursiyaga tayyorlanish Ekskursiyani o’tkazish


Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi


Download 53 Kb.
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi53 Kb.
#1418825
1   2   3
Bog'liq
Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi.

Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi. 
Ekskursiya maqsadi. O’quvchilarda tabiat muzeyibilan yaqindan
tanishtirish.
Ekskursiyaga tayyorlanish. 
Ekskursiyani tashkil etishdan avval o’qituvchi ekskursiya uyushtiriluvchi 
ob`ekt rahbari bilan suhbatlashib kerakli ma`lumotlarni olishi talab qilinadi. So’ngra 
o’qituvchi ekskursiyaga borishdan ilgari o’quvchilar bilan kirish suhbati o’tkazadi. 
Bunda quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
a) ekskursiyadan ko’zlangan maqsadni aniqlab olish; 
b) ekskursiya ob`ektining mohiyatini tasvirlash; 
v) o’quvchilarni ekskursiya rejasi bilan tanishirish; 
g) o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish; 
d) har bir guruhga topshiriqlar berib, nimaga e`tibor berish 
lozimligini ta`kidlash; 

50 
e) ekskursiyani butun tashkiliy tomonini o’quvchilar bilan muhokama qilish. 


Ekskursiyani o’tkazish. 
O’qituvchi har bir guruhga quyidagi topshiriqlarni beradi. 
1-guruh: muzeyning yaratilish tarixi qaqida ma`lumot to’plash. 
2guruh: Muzey faoliyati bo’limlari va tuplangan materiallar haqida ma`lumotlar 
yig`ish. 
3guruh: Hozirda va kelajak uchun rejalashtirilgan muzey tadqiqotchilik ishlari 
haqida ma`lumotlar to’plash. 
Ekskursiya davomida o’quvchilar ekskursiya maqsadiga ko’ra berilgan 
topshiriqlar bo’yicha kerakli ma`lumotlarni to’playdilar, muzey ekspanotlari bilan tanishadilar.
Ekskursiyani yakunlash. 
O’quvchilarning har bir guruhi o’ziga topshirilgan vazifalar yuzasidan kerakli 
ma`lumotlarni aks ettirgan holatda hisobot beradilar. So’ngra o’qituvchi barcha guruh 
hisobotlarini tahlil qilgan holatda ekskursiyani yakunlaydi. 
Ekskursiyadan olingan ma`lumotlar asosida «Tabiat muzeyiga sayohat» nomli 
devoriy gazeta chiqaradilar. Devoriy gazeta 3 qismdan iborat bo’lib, birinchi bo’limda 
muzey tarixi, ikkinchi muzey bo’limlarida tuplangan ekspanotlar, uchinchi bo’limda 
muzey oldida turgan kelajakdagi vazifalar va o’zlarining fikr mulohazalri o’z ifodasini topadi. 
Bunda asosiy xulosalar quyidagilar darsdan tashqari ishlar o’quv-
tarbiyaviy jarayonning uzviy davomi bo’lib, ular o’quvchilarning fan asoslarini puxta egallashlari, bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash hamda amaliy 
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishidir. 
Darsdan tashqari ishlarning shakl va mazmunidan qat`iy nazar, ular eng 
avvalo darsning mantiqiy davomi tarzida uyushtirilishi va o’tkazilishi lozim.
Darsdan tashqari ishlarda mahalliy materiallardan foydalanish katta samara beradi 
va o’quvchilarning faolligini oshiradi. 
Yakka tartibda, guruh va ommaviy shakllarda bajariladigan ishlarni o’zaro 
muvofiqlashtirilgan tarzda va fan dasturi hamda o’quv rejasiga muvofiqlashtirilgan 
holda amalga oshirilganda ularning ta`lim-tarbiyaviy qimmati ortadi. 
Dars materiallari darsdan tashqari mashg`ulotlar uchun asos bo’lib xizmat 

qilishi, darsdan tashqari ishlar esa mazmunan darslarning ilmiy-nazariy, ilmiy-


metodik va amaliy tamoyillarini kuchaytirishga bo’ysundirilgan holda bajarilishi 
maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. 



Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling