Har bir guruh uchun ekskurssiya o’tkazish rejasini tuzish reja: Ekskursiyaga tayyorlanish Ekskursiyani o’tkazish
Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi
Download 53 Kb.
|
Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskursiyani o’tkazish.
- Ekskursiyani yakunlash.
Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi.
Ekskursiya maqsadi. O’quvchilarda tabiat muzeyibilan yaqindan tanishtirish. Ekskursiyaga tayyorlanish. Ekskursiyani tashkil etishdan avval o’qituvchi ekskursiya uyushtiriluvchi ob`ekt rahbari bilan suhbatlashib kerakli ma`lumotlarni olishi talab qilinadi. So’ngra o’qituvchi ekskursiyaga borishdan ilgari o’quvchilar bilan kirish suhbati o’tkazadi. Bunda quyidagi vazifalar hal qilinadi: a) ekskursiyadan ko’zlangan maqsadni aniqlab olish; b) ekskursiya ob`ektining mohiyatini tasvirlash; v) o’quvchilarni ekskursiya rejasi bilan tanishirish; g) o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish; d) har bir guruhga topshiriqlar berib, nimaga e`tibor berish lozimligini ta`kidlash; 50
Ekskursiyani o’tkazish. O’qituvchi har bir guruhga quyidagi topshiriqlarni beradi. 1-guruh: muzeyning yaratilish tarixi qaqida ma`lumot to’plash. 2guruh: Muzey faoliyati bo’limlari va tuplangan materiallar haqida ma`lumotlar yig`ish. 3guruh: Hozirda va kelajak uchun rejalashtirilgan muzey tadqiqotchilik ishlari haqida ma`lumotlar to’plash. Ekskursiya davomida o’quvchilar ekskursiya maqsadiga ko’ra berilgan topshiriqlar bo’yicha kerakli ma`lumotlarni to’playdilar, muzey ekspanotlari bilan tanishadilar. Ekskursiyani yakunlash. O’quvchilarning har bir guruhi o’ziga topshirilgan vazifalar yuzasidan kerakli ma`lumotlarni aks ettirgan holatda hisobot beradilar. So’ngra o’qituvchi barcha guruh hisobotlarini tahlil qilgan holatda ekskursiyani yakunlaydi. Ekskursiyadan olingan ma`lumotlar asosida «Tabiat muzeyiga sayohat» nomli devoriy gazeta chiqaradilar. Devoriy gazeta 3 qismdan iborat bo’lib, birinchi bo’limda muzey tarixi, ikkinchi muzey bo’limlarida tuplangan ekspanotlar, uchinchi bo’limda muzey oldida turgan kelajakdagi vazifalar va o’zlarining fikr mulohazalri o’z ifodasini topadi. Bunda asosiy xulosalar quyidagilar darsdan tashqari ishlar o’quv- tarbiyaviy jarayonning uzviy davomi bo’lib, ular o’quvchilarning fan asoslarini puxta egallashlari, bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash hamda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishidir. Darsdan tashqari ishlarning shakl va mazmunidan qat`iy nazar, ular eng avvalo darsning mantiqiy davomi tarzida uyushtirilishi va o’tkazilishi lozim. Darsdan tashqari ishlarda mahalliy materiallardan foydalanish katta samara beradi va o’quvchilarning faolligini oshiradi. Yakka tartibda, guruh va ommaviy shakllarda bajariladigan ishlarni o’zaro muvofiqlashtirilgan tarzda va fan dasturi hamda o’quv rejasiga muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilganda ularning ta`lim-tarbiyaviy qimmati ortadi. Dars materiallari darsdan tashqari mashg`ulotlar uchun asos bo’lib xizmat qilishi, darsdan tashqari ishlar esa mazmunan darslarning ilmiy-nazariy, ilmiy- metodik va amaliy tamoyillarini kuchaytirishga bo’ysundirilgan holda bajarilishi maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling