Har bir guruh uchun ekskurssiya o’tkazish rejasini tuzish reja: Ekskursiyaga tayyorlanish Ekskursiyani o’tkazish
Pedagogik amaliyotda tadqiqotning natijalari
Download 53 Kb.
|
Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi.
3.3.Pedagogik amaliyotda tadqiqotning natijalari
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to’g`risida»gi qonunda o’sib kelayotgan yosh avlodga mustahkam bilim berish, ularda amaliy ko’nikma hamda malakalar hosil qilish orqali kasb tanlashga yo’naltirish masalasiga alohida e`tibor berilgandir. O’zbekiston maktablarida biologiya o’qitish jarayonida darsdan tashqari ishlar sistemasi va uni sinf darsi bilan bog`lab borish, shuningdek, uning o’quvchilar bilim darajasiga, ko’nikma va malakalariga ta`siri hamda uning samaradorligini aniqlash maqsadida pedogogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish taqozo etiladi. Bu pedogogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish uchun individual, guruh va ommaviy holda o’tkaziladigan mashg`ulot hillaridan foydalaniladi. Mazkur bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi. 1. Dalillarni to’plash metodi. Biologiya ta`limida sinf darsini darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishga oid ma`lumotlarni taqlil qilish orqali tegishli xulosalar chiqarish uchun quyidagilarga amal qildik: a) Biologiya o’qitishda sinf darslarini darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishga oid metodik tavsiyalar, qo’llanmalar va boshqa mavjud adabiyotlar bilan tanishish va materiallar to’plash; b) ilg`or biologiya o’qituvchilarining ish tajribalarini o’rganish va tegishli xulosalar chiqarish; v) Respublikamizda bo’lib o’tgan pedogogik o’qishlarga oid materiallarni tahlil qilish. 2. Kuzatish metodi. 2014 yil mart-may oylarida Nukus shahar 26 maktabda bo’lib, biologiya ta`limi bo’yicha biologiya darslari, darsdan va darsdan tashqari mashg`ulotlar, sinfdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan bog`lab o’tkazish holatlari o’rganib chiqildi. 3. Suhbat metodi. Đlmiy tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda biologiya o’qituvchilari bilan suhbatlar o’tkazidim. Bu suhbat davomida e`tibor asosan darsdan tashqari ishlarning rejalari, darsdan tashqari mashg`ulotlarning sinfda o’tilgan darslar bilan bog`lab borish muammosiga qaratildi. 4. Pedogogik tajriba-sinov (eksperiment) metodi. Đlmiy tadqiqot muammolarini hal qilish uchun tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalarini pedagogik tajriba-sinovdan o’tkazib, ularning samaradorligi aniqlandi. Đlmiy tadqiqot ishining maqsadiga muvofiq darsdan tashqari mashg`ulotlarni biologiya darslari bilan uzluksiz bog`lab borishning o’quvchilar bilimi, amaliy ko’nikma va malakalariga ta`siri va uning samaradorligini aniqlash uchun, belgilab olingan tajriba-sinov maktablarining biologiya o’qituvchilari bilan hamkorlikda bir xil o’zlashtirishga ega bo’lgan o’quvchilar guruhi aniqlandi. Tajriba - sinov ishlarining ikkinchi bosqichida tayyorlangan metodik ishlanmalarning samaradorligini aniqlash hamda ularning dastlabki yutuq va kamchiliklarini sarhisob qilishga erishildi. Bajarilgan ishlarga mataxassislarning munosabatlari aniqlandi. Tashkil etilgan tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilari bilan keng xajmda va mazmundar o’quv- tarbiya ishlari olib borildi. Bunda asosiy e`tibor nazariy bilimlarini darsda, amaliy xarakterdagi faoliyatni darsdan tashqari ishlar vositasida berishga erishdik. Yuqorida tilga olingan maktablarning tajriba- sinov ishlarini olib boruvchi o’qituvchilariga metodik ishlanmalar va to’garak rejalari tarqatildi, tegishli metodik ko’rsatmalar berildi. 53
bo’yicha esa tajriba va nazorat guruhlarida 21 tadan o’quvchi ishtirok etdi. Jami pedagogik tajriba-sinovda qatnashgan 7-8 sinf bo’yicha tajriba va nazorat guruhlarida 36 nafardan o’quvchi qatnashdi. Biologiya ta`limi asosida o’tilgan darslarning darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishning samaradorligi, o’quvchilarning bilim darajalari va amaliy faoliyatlari qay darajada ekanligini aniqlash uchun tajriba va nazorat guruhlarida o’tkazilgan kuzatishlar, suhbatlar, og’zaki va yozma javoblar, test topshiriqlarining echimlari va eksperimental muolajalar natijalarining tahlili tajriba guruhlari vakillarining bilim saviyalari, amaliy ko’nikma va malakalari ancha yuqori ekanligini ko’rsatdi. Pedogogika va xususiy metodikaga doir qo’llanmalarda tajriba va nazorat sinf yoki guruhlari o’quvchilarining bilim saviyalarini aniqlash hamda amaliy ko’nikma va malakalarini taqqoslashga taaluqli turli baholash mezonlari yaratilgan bo’lib, ulardan dissertant tegishli vaziyatlarda o’z o’rnida foydalandi. Baholash mezoniga muvofiq tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarining suhbatda, yozma va og’zaki javoblarda amaliy ishlarni bajarishlarda hamda hulosalar chiqarishlarda aniqlangan ko’rsatkichlarini baholashga xarakat qildik. To’g`ri va to’liq javoblarga «5» baho; to’g`ri, ammo to’liq bo’lmagan javoblarga «4» baho; noaniq bo’lgan javoblarga «3» baho, noto’g`ri javoblarga «2» baho qo’yish belgilab olindi. Yuqorida bayon etilgan baholash mezoni bo’yicha qo’yilgan baholardan tashqari 100 ballik sistema bo’yicha test savollariga javoblar olib tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarining bergan javoblarini taqqosladik. Darsdan tashqari mashg`ulotlarning mavzuli rejasiga muvofiq VIII-sinf Biologiya ta`limida sinfdagi darsni darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lashning mazmuni va uning sistemaliligini amalga oshirish orqali uning uzluksizlik hamda uzviyligini ta`minlashning tajriba-sinov ishlari natijalari asosida quyidagi fikrlarga keldik. Biologiya ta`limi dasturi va darsligiga binoan o’quvchilar biologiya fanining nimani o’rgatishi, Biologiya fanining maqsad va vazifalari, biologiya fanining 54
biologiya faniga qo’shgan hissalari haqidagi tegishli bilimlarni oladilar. Keyinchalik esa o’quvchilarga biologiyaning asosiy tushunchalarini va qonunlarini shakllantirish orqali bilim berish ko’zda tutiladi. Biologik jarayonlarning tafsilotlari chuqur o’rgatiladi. O’quvchilarning sinfda olgan bilimlari asosida darsdan tashqari mashg`ulotlarda fizikaviy va biologik hodisalarga oid amaliy ishlar tashkil qilinishi natijasida, o’quvchilar jism, modda va ularning xossalari, fizikaviy hamda biologik hodisalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarib olish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling