O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KIBERXAVFSIZLIK FAKULTETI
Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi
5330300-Kiberxzavfsizlik (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari
uchun INDIVIDUAL LOYIHANI BAJARISH VA RASMIYLASHTIRISH
bo‘yicha
USLUBIY KO‘RSATMA
Toshkent 2022
2
Mualliflar:
M.O. Allanov-
Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi mudiri, PhD, dotsent.
J.D. Sodiqova- Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi o‘qituvchi-stajyor,
“
Individual loyiha
”, Uslubiy ko‘rsatma, -Toshkent: TATU. 2022. -56 b
.
Uslubiy ko‘rsatma Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti 5330300-Аxborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) ta’lim
yo‘nalishi talabalarini 5-6- semestrlarda o‘qitish uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy ko‘rsatma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashining
qarori bilan chop etishga
tavsiya etildi (20__ yil (“__” “______________” “__” – sonli bayonnoma).
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti, 2022
3
1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari
Individual loyiha talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo‘lib, u ixtisoslik
fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘zlashtirish,
xalqaro va milliy
iqtisodiyot muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida
yoziladi.
Individual loyihaning asosiy maqsadi talabalarni tanlangan mavzuning ilmiy-
amaliy muammolarini aniqlash, ularning yеchimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
Individual loyiha yozishning vazifalari quyidagilardan iboratdir:
− Ixtisoslik fanlardan o‘tilgan nazariy matеriallarni
mustahkamlash va
talabalarni muammoli mavzuni ilmiy nuqtai-nazardan yoritib bеrishga hamda
amaliyotga tadbiq qilishga yo‘naltirilgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqishga
o‘rgatish;
− talabalarda aniq muammoni qo‘yish va uni yеchish qobiliyatini
rivojlantirish;
− talabalarni ilmiy va
amaliy faoliyatda adabiyotlar, amaliy tahliliy va
statistik ma'lumotlar va boshqa matеriallardan foydalanishga o‘rgatish.
Individual loyiha mavzusining yoritilishi va uning talab
darajasida bajarilishi
talaba ilmiy-nazariy tayyorgarligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.