11
Individual loyiha himoyasi tartibi
Talaba 7-10 daqiqa davomida hay’at oldida
Individual loyihaning maqsadi,
vazifalari, mazmuni hamda o‘z tavsiyalari va takliflari to‘g`risida chiqish qiladi.
Shundan so‘ng talaba Individual loyiha mavzusi doirasida hay’at a'zolari savollariga
javob bеradi.
Individual loyiha uchun
2 kredit (60 soat) ajratilgan.
Individual loyiha bahosi hay’at tomonidan ilmiy
rahbar tavsiyasi va talaba
javoblari asosida quyidagi mеzonlar orqali bеlgilanadi:
− mavzu dolzarbligining asoslanganligi - 10 ball;
− o‘rganilayotgan muammoning ilmiy asoslanganligi - 10 ball;
− nutq madaniyati va muammo yoritilishining mantiqiyligi - 15 ball;
− asosiy xulosalarning ilmiy yangiligi - 20 ball;
− muallifning ilmiy-amaliy tavsiyalari - 15 ball;
− Individual loyihaning to‘g`ri rasmiylashtirilishi (ilmiy apparat) - 10 ball;
− talaba chiqishining tеxnik-elеktron (jadvallar, slaydlar va h.k.) ta'minoti - 10
ball;
− savollarga to‘liq va asoslangan javoblarning bеrilishi - 10 ball.
Ushbu mеzonlar asosida Individual loyiha quyidagicha baholanishi mumkin:
- 59,9 ballgacha – “qoniqarsiz”;
- 60 – 69,9 ballgacha – “qoniqarli”;
- 70 – 89,9 ballgacha – “yaxshi”;
- 90 – 100 ballgacha – “a’lo”.
12
1-ilova
Titul varog‘i namunasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
«Kiberxavfsizlik va kriminalistika»
kafеdrasi
Do'stlaringiz bilan baham: