Reja: Xo’jalik shartnomalarini tuzish va korxona faoliyatidagi ahamiyati


Download 20.66 Kb.
bet1/2
Sana03.04.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1323035
  1   2
Bog'liq
ali


Mavzu: Xo’jalik shartnоmalari asоsida sotilgan mahsulotlar tahlili
REJA:

  1. Xo’jalik shartnomalarini tuzish va korxona faoliyatidagi ahamiyati.

  2. Sotishdan tushgan tushum va uni hisoblash metodi.

  3. Narx strategiyasi va uning korxona faoliyatidagi ahamiyati.

  4. Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.




  1. Xo’jalik shartnomalarini tuzish va korxona faoliyatidagi ahamiyati.

Xoʻjalik shartnomasi - tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolikhuquqiy shartnoma. Bunda taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorligi faoliyati sohasida tovarlarni berish ishlarini bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, 2taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini toʻlash majburiyatini oladi. Xoʻjalik shartnomasiga qoʻyiladigan talablardan biri uning huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, yaʼni uning qonun hujjatlariga muvofikligi tekshirib koʻrilgan boʻlishidir. Xoʻjalik shartnomasi qonunda belgilangan eng kam ish haqining 200 barobaridan ortiq summaga tuzilgan takdirda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasi kerak boʻladi. Qonunda bu qoidaning belgilanishi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, jamiyat manfaatlarini, shuningdek, atrof muhitni muhofaza etish bilan bogʻliqdir. Xoʻjalik shartnomasi fuqaro qonunchiligidagi shartnomalar tuzishning umumiy qoidalariga muvofiq tarzda, yozma shakdda tuziladi. Xoʻjalik shartnomalarini mazmun va mohiyatiga koʻra, quyidagicha tizimlashtirish mumkin: molmulkka nisbatan egalik xuquqini oʻtkazishga; molmulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga; muayyan ishni bajarishga; xizmat koʻrsatishga qaratilgan shartnomalar. Molmulkka nisbatan egalik huquqini oʻtkazishga qaratilgan shartnomalar ning asosiy xususiyati tovarga boʻlgan egalik huquqining bir shaxsdan 2shaxsga oʻtishi bilan xarakterlanadi. Bu shartnomalarga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kontraktatsiya, ayirboshlash kabi shartnomalarni kiritish mumkin. Mol-mulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga qaratilgan shartnomalarga mulk ijarasi, prokat shartnomasi, transport vositalari ijarasi, binolar va inshootlar, uyjoy ijarasi, korxonani ijaraga berish, lizing, tekin foydalanish shartnomasi kabilarni kiritish mumkin. Bu shartnomalar bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egasining oʻz mulkidan unumli foydalanish imkoniyatini berish bilan birga, boʻsh, foydalanilmay yotgan mulkni katta daromad manbaiga ham aylantiradi. Oʻz navbatida, xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun oʻzining molmulkiga ega boʻlmagan shaxsning bunday mulkni boshqa shaxsdan vaqtincha foydalanish uchun olib, bu orqali oʻzining shu mulkka boʻlgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar boshqa shartnomalardan oʻzining tartibga solinishi asosi bilan farq qiladi. Bunda ishlarni bajarish majburiyatlari xoʻjaliklar oʻrtasidagi munosabatlardan vujudga keladi. Bu munosabatlar asosida maxsus bilim va malaka talab etilgan ishlarga boʻlgan ehtiyoj yotadi. Mas, korxonalarni qurishni loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash uchun maxsus bilim va malakaga ega boʻlgan yoki bu ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishni taqozo etadi. Bu munosabatlar muayyan ishni bajarishga qaratilgan pudrat, qurilish pudrati, ilmiy tadqiqot va konstruktorlik, loyihalash, qidiruv, texnologik ishlarni amalga oshirishga qaratilgan shartnomalar vositasida tartibga solinadi. Xizmat koʻrsatishga qaratilgan shartnomalar boshqa shartnomalardan faqat xizmat koʻrsatishga doir majburiyatlar orqali amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Bozor iqgisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatida xizmat koʻrsatish munosabatlariga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi va uning yangiyangi koʻrinishlari vujudga keladi. Bu shartnomalarning xarakterli xususiyati shundaki, bunda moddiy neʼmat yaratilmaydi, balki ashyoviy shaklda boʻlmagan xizmat bajariladi. Bu shartnomalar jumlasiga ssuda, kelishish, yuk tashish, haq baravariga xizmat koʻrsatish kabi shartnomalarni kiritish mumkin. Xoʻjalik shartnomasining qonun talablari darajasida tuzilishi, bajarilishi, shartnoma intizomiga rioya qilinishi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi munosabatlarning barqarorlashishi, iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositalaridan biridir.

Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling