Har bir millat va xalqning kamolotida ona tilining o`rni benihoya kattadir


Download 383.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana02.06.2024
Hajmi383.4 Kb.
#1837313
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
topvoldiyeva mohigul

Leksik interferensiya. Bu so‘zlarni o‘z o‘rnida emas,
aksincha, quyidagi holatlardagi kabi noto‘g‘ri qo‘llashdir:
1. He is a beautifulboy.(noto‘g‘ri) 
She is a beautiful girl.(to‘g‘ri) 
Ma’lumki, ingliz tilida «beautiful» va «handsome» so‘zlari bir ma’noni anglatadi,
lekin ularning qo‘llanish usuli turlichadir. «Beautiful» go‘zal, chiroyli, xushbichim 
va sohibjamol degan ma’nolarni anglatib, qiz va ayollarga nisbatan ishlatiladi. 
«Handsome» esa, ko‘rkam, o‘ktam, barno, kelishgan degan ma’nolarni bildirib
erkaklarga nisbatan ishlatiladi.
2. Can you see that highman? (noto‘g‘ri) 
Can you see that tallman? (to‘g‘ri) 
«High» so‘zi insonga emas, balki bino, daraxt, tog‘ va h.k.larga nisbatan 
ishlatiladi. Odamlarga nisbatan esa «tall» so‘zi ishlatiladi.
3. He is a tooth doctor. (noto‘g‘ri) 
He is a dentist. (to‘g‘ri) 


O‘zbek tilida shifokorlar tish shifokori, quloq shifokori kabi turlarga ajratilsa
ingliz tilida ular maxsus nomlanishga ega. Shu sababli til o‘rganuvchi ona tiliga
qiyoslab, tish shifokorini «dentist» emas, balki «tooth doctor» deb noto‘g‘ri 
nomlaydi.
4. I have got two girls. (noto‘g‘ri) 
I have got two daughters. (to‘g‘ri) 
«Girl» qiz bola, «daughter» esa qiz farzand degan ma’noda qo‘llanadi. Shu sababli 
2-gap «mening ikkita qizim (qiz farzandim) bor» ma’nosida to‘g‘ri ishlatilgan. 
5. I have got two brother. (noto‘g‘ri) 
I have got two brothers. (to‘g‘ri) 
O‘zbek tilida «son + ot» so‘z birikmasi hosil qilinganda otlar ikki yoki undan ortiq 
bo‘lsa ham «-lar» ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi; bunda sonlar ko‘plikni
ifodalaydi. Ingliz tilida esa, otlar ikki yoki undan ortiq bo‘lsa,sonlarga mos 
ravishda ular «-s», «-es»ko‘plik qo‘shimchalari yoki otlarning boshqa ko‘plik 
shakllari bilan ifodalanadi. 
Orfografik interferensiya. Bunday interferensiya so‘zdagi harflarni noto‘g‘ri 
o‘qish natijasida yuzaga keladi. Masalan, o‘quvchi-talabalar quyidagi so‘zlarni 
xato o‘qib, talaffuz etishlari kuzatiladi: 

Download 383.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling