Har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining eng muhim uzoq muddatli maqsadlaridan biri iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, uning sur’atlarini barqaror va optimal darajada ushlab turishdir


II BOB IQTISODIY OʻSISH SAMARADORLIGI


Download 1.24 Mb.
bet7/17
Sana24.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1114532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 01560

II BOB IQTISODIY OʻSISH SAMARADORLIGI
2.1. Iqtisodiy o‘sish turlari va uning samaradorligi
Iqtisodiy o‘sish unga turli omillar ta’siriga qarab har xil kechadi. Iqtisodiy o‘sishning 3 turi mavjud, bular resurstalab, resurstejam va Aralash usullar. Ulardan har birini ko‘rib chiqamiz. Resurstalab o‘sish yuz berganda YalM ishlab chiqarishga qo‘shimcha resurslarni jalb etish hisobidan ko‘payadi. Bu usul tabiatanekstensiv boiib, ko‘p sarflab, ko‘p ishlab chiqarishni bildiradi. Bunda iqtisodiy o‘sishning miqdoriy omillari harakatga keladi, ya’ni yangi yerlar va konlar ochiladi, yangi zavod-fabrika va sexlar quriladi, ishlab turgan stanoklar, ishchi va xizmatchilar soni ortadi, xomashyo, yoqilg‘i va elektroenergiya sarfi ko‘payadi, biroq mehnat unumdorligi oshmaydi, mahsulot birligining sarfi kamaymaydi. Resurslar sarfiga mos ravishda YalM o‘sadi. Masalan, resurslar sarfi 10 % ortsa, mahsulot ham shunchaga ko‘payadi.

2.3-rasm
B
u usul resurs sarfini ko‘paytirishni talab qilganidan iqtisodiy O‘sish oxir-oqibatda resurslarning kamyobligiga borib taqaladi. Shu Sababli, bu usul tabiatan istiqbolli hisoblanmaydi. Aksincha bu Usul tabiat va uning boyligini avaylab ishlatish, uning resurslaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ekologik muhitni himoya qilish talablariga javob bermaydi. Bu usul ustuvor bo‘lganda ishlab Chiqarish uzoqqa bormaydi, chunki resurslar tugallanishiga qarab u qisqaradi. Buni chizmadan ham ko‘rsak boiadi (2.3-rasm).8
Chizmadan shuni ko‘rish mumkinki, resurslar sarfiga mos ravishda YalM ko‘payib borgan. A nuqtada 2 birlik resurs sarfiga 2 birlik YalM olingan.
D nuqtada 8 birlik resurs 8 birlik mahsulot bergan. Shunga qadar AD oralig‘ida YalM ortib borgan. Quyilashgan yoysimon chiziq DE oralig‘ida YalM kamayishga moyil boigan, chunki resurslar Yetishmasligi hosil bo£lgan. Resurstalab usul amal qilganda resurslar sifati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, YalM o‘simi resurs sarfi o‘simiga teng bo‘ladi. Resurstalab usul ehtiyojlarni toMaroq qondirishga qodir bo‘lmaydi. Shu sababli resurstejam iqtisodiy o‘sish zaruratga aylanadi.
Resurstejam usul iqtisodiy o‘sishni resurslarni tejab-tergab ishlatish, tovar va xizmatlar birligiga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish orqali ta’minlanishini bildiradi.9
Bu usul birinchidan, tovar va xizmatlarning miqdoran ko‘payishini, ikkinchidan, ular sifatining yaxshilanib borishini taqozo Etadi. Biroq bunday natijaga resurslarni samarali ishlatish orqali erishiladi, ya’ni resurs birligini ishlatishdan ko‘proq va sifatliroq mahsulot olinadi. Masalan, qishloq xo‘jaligida 1 gektar yerdan Oldin 25 sentner hosil ko‘tarilgan bo‘lsa, keyinchalik 30 sentner Ko‘tariladi. Sanoatda 1 tonna metalldan 2 ta stanok ishlab chiqarilgan bo‘lsa, metall tejam texnologiya qo‘llangandan so‘ng 3 ta stanok yaratiladi.
Biroq resurstejam ishlab chiqarish resurslar sarfi yil sayin mutlaq qisqarib boradi, ya’ni ishlatiladigan stanoklar soni, xomashyo, Energiya miqdori, ishlovchilar soni hademay kamayib boradi degan Gap emas. Aholi soni ko‘payadi, uning ehtiyoji yuksaladi. Bu esa Resurslarning ko‘payishini talab qiladi. Biroq hamma gap shundaki, Resurslar tejamli ishlatilganidan, resurslarga nisbatan ulardan olingan tovar va xizmatlar tezroq ko‘payadi. Masalan, resurslar 10 % Ortsa, tovar va xizmatlar 20 % ortadi. Bunda tovar birligiga ketgan Sarf ikki marta qisqargan bo£ladi. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin.
(
2.4- va 2.5-rasm).10

2.4-rasm

2.5-rasm
Rasmlardan xulosa chiqarsak, birinchi holda resurs miqdori – Ga tovar miqdori teng bo‘lgan (2= 2), ikkinchi holda tovar miqdori resurs miqdoridan ko‘p bo‘lgan (4>3), demak bunda resurs birligidan olingan tovar ko‘p, chunki tovar birligiga ketgan resurs sarfi qisqargan. Birinchi holda bitta tovarga 1 birlik resurs ketsa (2/2=1), Ikkinchi holda bir tovarga 0,75 birlik (3/4=0,75) resurs ketgan. Demak, resurs sarfining qisqarishini mutlaq emas, balki nisbiy, deb qarash kerak.
Iqtisodiy o‘sishning ikki usulidan faqat bittasi amal qiladi, deb O‘ylash noto‘g‘ri. Bir vaqtning o‘zida har ikkala usul ham birgalikda amal qiladi, lekin ulardan biri ustuvor bo‘ladi. Mana shunda Iqtisodiy o‘sishning aralash usuli kelib chiqadi. Aralash usul bo’lganda iqtisodiy o‘sish ham resurslaming ko‘payishini, ham ularning tejalishini, yuqorida aytganimizdek resurslar sarfiga nisbatan tovar va xizmatlar ko‘proq yaratilishini bildiradi. Hozirgi iqtisodiyotda ayrim usul sof holda uchramaydi, shu sababli ikki usul qorishmasi bo‘lgan aralash usul amalda bo‘ladi. Shu sababli, qaysi usulning ustuvorligini bilish ahamiyatli, chunki shunga qarab iqtisodiy o‘sishning samarali yo`lini belgilash mumkin bo‘ladi. U yoki bu usulning iqtisodiy o’sishga ta’sirini bilish uchun ishlovchilar sonining ortishi yoki mehnat unumdorligi ortishi hisobidan YalM o‘simining qanday qismi olinganligini bilish kerak. Faraz qilaylik YalM 10 mlrd dollarga ko‘paydi. Shundan 4 mlrd ishlovchilar sonining ko‘payishi Hisobidan, 6 mlrd mehnat unumdorligining ortishi hisobidan bo‘ldi. Demak, bu yerda resurstejam usul ustuvorlik qiladi, chunki mehnat unumdorligi hisobidan iqtisodiy o‘sishning 60 foiziga erishildi. Hozirgi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o`sishning 70—80 foizi mehnat unumdorligi hisobidan bo‘ladi. Demak, bu yerda iqtisodiy o’sishning resurstejam yoki intensiv usuli ustuvorlik qilgan
Resurstejam iqtisodiy o‘sishning asosiy sharti — bu milliy iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligini oshirishdir.
M
illiy iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi butun jamiyatdagi Mehnatning unumdorligi bo‘lib, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishda band bo`lganlarning har biri o‘rtacha qanday summada YalM yaratganligini
Milliy iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi barcha korxonalar Va sektorlardagi unumdorlikning hosilasi, natijasi bo‘ladi. Shu sababli, bunga turli sohalar har xil hissa qo‘shadi. Bir yerda unumdorlik past bo`lgani holda (masalan, qishloq xo‘jaligida), boshqa yerda u yuqori bo‘lsa, masalan, yengil sanoatda, yana boshqa yerda masalan, elektronika sanoatida u yanada yuqori bo‘ladi. Natijada, mehnatning milliy unumdorligi ortib boradi. Shu sababli Iqtisodiyotdagi strukturaviy (tarkibiy) siljishlar yoki restrukturizatsiya iqtisodiy o‘sish uchun ahamiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarishning yangi zamonaviy tarmoqlari jadal o‘sadi. Ular bozorbop tovarlami ham xarajat qilgani holda ishlab chiqaradilar. N atijada, YalM tez o‘sadi va bu ishda mehnat unumdorligi birlamchi o‘rin tutadi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling