Birikish reaksiyalari. Ketonlar katalizator ishtirokida vodorodni biriktirib
ikkilamchi spirtlar hosil bo‘ladi:
ODDIY EFIRLAR. OLINISHI VA XOSSALARI
Umumiy formulasi R—O—R’ bo‘lgan organik birikmalarga oddiy efirlar
deyiladi. Oddiy efirlarga spirt gidroksil guruhlarining vodorod atomi o‘rniga radikal almashingan yoki suv molekulasidagi ikkita vodorod atomi o‘rniga radikallar almashingan deb qarash ham mumkin.
Nomenklaturasi. Sistematik (xalqaro) nomenklatura bo‘yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to‘yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi oldiga ikkinchi radikal (R – O – Alkoksigruppa) nomi qo‘shiladi.
Oddiy efirlar asosan ratsional nomeklaturaga muvofiq, radikallar nomiga efir so‘zi qo‘shib aytiladi. Masalan;
Izomeriyasi. Oddiy efirlarda radikallarni turini o‘zgarishiga ko‘ra izomeriya kuzatiladi.
Masalan: metilpropil efir, metilizopropil efir, dimetil efir
Oddiy efirlar va bir atomli to‘yingan spirtlarning empirik formulasi bilan bir xil, shuning uchun ularda sinflararo izomeriya kuzatiladi, Masalan;
Do'stlaringiz bilan baham: |