Harakatga doir masalalarning turlari. Harakatga doir masalalarning bajarish usullari


Quyidagi masalalarni metodikasi bilan bajaring


Download 47.49 Kb.
bet3/3
Sana30.12.2022
Hajmi47.49 Kb.
#1073172
1   2   3
Bog'liq
Harakatga oid masalalar, ishga oid masalalar, aralashmaga oid masalalar

Quyidagi masalalarni metodikasi bilan bajaring.
Masalaga qisqa shart, ishlanish yo`llari va javob ko`rsatmasi mavjud bo`lsin.
4-sinf darslikdan.

1. Agar mototsikl haydovchisi 76 km/soat tezlik bilan yursa, oralaridagi masofa 230 km bo‘lgan ikki shahar orasini 3 soatda o‘ta oladimi?


Qisqa shart:
Masofa – 230 km
Vaqt – 3 soat
Tezlik - 76 km/soat
Yechish: 1-soatda 76 km/soat yuradi
76*3=228 km 3-soatda
230-228=2 km
Javob : 3 –soatda 228 km yo’l yuradi . 3-soatda bosib o’ta olmaydi
2. Shaharlar orasidagi masofa 390 km. Poyezd bir shahardan ikkinchisiga qarab yo‘lga chiqdi. Soatiga 65 km tezlik bilan 4 soat yurganidan keyin poyezd yana qancha yo‘l yurishi kerak bo‘ladi?
Qisqa shart:
Masofa – 390 km
65 km tezlik bilan 4 soat yurdi
Yana qancha km yurishi kerak?
Yechish:
65*4=260 km yurdi
390-260=130 km yurishi kerak
Javob : 130 km yurishi kerak
3. Bir velosipedchi soatiga 12 km tezlik bilan 48km yo‘l yurdi. Ikkinchisi esa shu masofani soatiga 16 km tezlik bilan bosib o‘tdi. Birinchi velosipedchi ikkinchi velosipedchiga nisbatan necha soat ortiq yo‘l yurgan?
Qisqa shart:
1-velosipedchi soatiga 12 km tezlik 48 km yurdi
2-velosipedchi shu masofani 16 km tezlikda yurdi
1-velosipedchi 2-velosipedchiga nisbatan - ? soat ortiq yurdi
Yechish : 48:12=4 soat 1-velosipedchi
48:16=3 soat 2-velosipedchi 4-3=1 soat
Javob: 1-velosipedchi 2-velosipedchiga nisbatan - 1 soat ortiq yurdi.

Murakkab masalalar bajarish.


1. Namangandan ikkita mashina bir vaqtda qarama-qarshi yo'­nalishda yo'lga chiqdi. Birinchi mashinaning tezligi 56 km/soat, ikkinchisiniki esa 64 km/soat. 4 soatdan so'ng ular orasidagi ma­sofa necha kilometr bo'ladi?
Qisqa shart:
Birinchi mashina – 56 km/soat
Ikkinchi mashina – 64 km/soat
4 soatdan so’ng ular orasidagi masofa - ? km
Yechish: 56*4=224 km 1-mashina
64*4=256 km 2-mashina
224+256=480 km
Javob : 480 km masofa
2. Shahrisabzdan ikkita avtomobil bir vaqtda qarama-qarshi yo'nalishda yo'lga chiqdi. Birinchi avtomobilning tezligi 65 km/soat. 3 soatdan so'ng ular orasidagi masofa 405 km bo'ldi. Ikkinchi avtomobilning tezligini toping.

Qisqa shart:
1 – avtomabil – 65 km/soat
3 soatdan so’ng – 405 km bo’ldi
2-avtomabil tezligi - ? km/soat
Yechish :
405:3=135 km/soat jami tezlik
135-65=70 km/soat
Javob : 2- avtomabil 70 km/soat tezlik bilan yurgan.


3. A shahardan poyezd 60 km/soat tezlik bilan yo'lga chiqdi. Oradan 1 soat o'tgach, qarama-qarshi yo'nalishda 80 km/soat tezlik bilan avtomashina yo'lga chiqdi. Avtomashina yo'lga chiqqanidan necha soatdan so'ng poyezd va avtomashina A shahardan baravar uzoqlikda bo'ladi?
Qisqa shart:
A – shahardan poezd - 60 km/soat tezlik
Avtomashina 1 –soatdan so’ng qarama –qarshi yo’nalishda 80 km/soat tezlik
Avtomashina yo'lga chiqqanidan necha soatdan so'ng poyezd va avtomashina A shahardan baravar uzoqlikda bo'ladi?
Yechish:
S1=S2=S
t1=t t2=t+1
v1=80 km/soat v2=60 km/soat
t1 = ?
S1=t1*v
S2=v2*t2 t1*v1=v2*t2
t*80=(t+1)*60
80t=60t + 60
20t=60
t=60/20=3 soat
javob :3 soatdan so’ng
4. Oralari 100 km bo'lgan Guliston va Jizzax shaharlaridan ikki velosipedchi bir-birlariga qarab bir vaqtda yo'lga chiqdi. Birin­chi velosipedchining tezligi 12 km/soat, ikkinchisiniki 13 km/soat.
Necha soatdan so'ng ular orasidagi masofa 50 km bo'ladi?
Qisqa shart:
Masofa – 100 km
1- velosipedchi – 12 km/soat
2- velosipedchi – 13 km/soat
Ular orasidagi masofa - ? soatdan so’ng 50 km bo’ladi?
Yechish:
S=100 km V1=12 km/soat V2=13 km/soat
Sp=50 km
V1*t1+V2*t1=Sp
12*t+13*t=50
t(12+13)=50
t*25=50
t=2 soat
Javob; 2 soatdan so’ng


5. A va В qishloqlar daryo bo'yida joylashgan. Ular orasidagi masofa 72 km. Daryo oqimining tezligi 3 km/soat. Turg'un suvdagi tezligi 20 km/soat bo'lgan kater A dagi daryo bekati- dan В ga qarab suza boshladi. Xuddi shu vaqt В dagi daiyo bekatidan ikkinchi kater A ga qarab suzib kela boshladi. Uning turg'un suvdagi tezligi 16 km/soat. Katerlar necha soatdan so'ng uchrashadilar?


Vd=3 km/soat
Va=20 km/soat
Vb=16 km/soat
Sw=72 km tw=?
Sw=Sa+Sb=Va*t+Vb*t=
Sw=(Va+Vd+Vb+Vd)*t=
Sw=(Va+Vb)*tw
tw=Sw/Va+Vb
tw=72/16+20=72km/36 km/soat=2 soat
Javob : 2 soatdan so’ng uchrashadilar


6. A shahardan В shahaiga qarab bir vaqtda ikki poyezd yo'lga chiqd Shaharlar orasidagi masofa 480 km. Birinchi poyezdning tezligi 60 km/soat. Ikkinchi poyezd В shaharga birinchiga qaraganda 2 soat avval keldi. Ikkinchi poyezdning tezligini toping.


V1=60 km/soat t1=t t2=t-2
Sw=480 km V2=?
Sw=V1*t1 S=V2*t2
480=60*t 480=V2*(7-2)
t=7 soat V2=480/5
V2=96 km/soat


Javob: V2=96 km/soat
7. Buxoro shahridan bir vaqtda Toshkent shahar aholisi uchun meva ortilgan ikkita yuk mashinasi yo'lga chiqdi. Bu sha­harlar orasidagi masofa 616 km. Birinchi mashinaning tez­ligi 44 km/soat. Ikkinchi mashina Toshkentga birinchi mashinaga qaraganda 3 soat avval keldi. Ikkinchi mashinaning tez­ligini toping.


Yechish: 616:44=14 soat 1-mashina
14-3=11 soat 2-mashina
616:11=56 km/soat 2-mashina
Javob : 2-mashina tezligi – 56 km/soat
8. Mashina 60 km/soat tezlik bilan 4 soat, 70 km/soat tezlik bi­lan 5 soat yurdi. Mashina jami necha kilometr yo'l bosdi?
Yechish:
60*4=240 km
70*5=350 km 240+350=590 km
Javob: jami 590 km yurdi
Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling