Ekstrapolyatsiya
|
– bu, yangi harakatlarni oldin o’zlashtirilgan tajriba asosida o’rganishning psixofiziologik mexanizmidir.
|
Harakat ko’nikmasi
|
– bu, harakatni shunday o’zlashtirilganlik darajasiki, harakatni boshqarish tafakkurning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
|
Asosiy tayanch nuqtalari (ATN)
|
– bu, harakat amali elementlari va shartlarning shunday xususiyatiki, harakatni muvaffaqiyatli bajarish uchun diqqatni jamlash talab etiladi.
|
Ko’nikmalar ko’chishi
|
– bu, bir harakat malakalarining boshqalarini o’zlashtirishga ta’sirining shakllanishidir. Ko’nikmalar ko’chishining o’zaro ta’siri bir necha turga, avvalo ijobiy va salbiy ko’chishlarga bo’linadi.
|
Xato
|
– bu, harakat natijasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan tarzda mashqlarni texnika modelidan og’gan holda bajarishga aytiladi.
| Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quyidagicha guruxlangan: - Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quyidagicha guruxlangan:
- 1. O’qituvchi va o’quvchilarning shaxsiy xarakteristikasini bilish asosiy omillardin biri. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama – o’quvchilar ukiydi, o’qituvchi ukitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri keng darajada kim ukitaetganligiga va kimlarni ukietganligiga, axlokiy sifatlariga va iktidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayergarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, kizikishi, harakat faolligi hamda boshqalarga bog’liq.
- 2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini inson tomonidan anglash me’erini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psihologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chukur ishlab chikilgan bo’lsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun shunchalik samarali foydalanish mumkin.
- 3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydalanishda amal kilinadigan juda keng kamrovdagi talablar guruxini umumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |