Maqsad-o’rganish jarayonida shug’ullanuvchilar harakat texnikasining asosini o’zlashtirish. Bu bosqichning xususiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) shug’ullanuvchilarda harakat faoliyati bo’yicha to’liq tasavvur hosil bo’lishi uchun u to’g’risida asosli tushuncha hosil qilish,
b) Yangi harakatlarni o’rgatish uchun shug’ullanuvchilarning bilimini, harakatlar to’g’risida kerak bo’lgan elementlar bilan to’ldirib borish,
v) Harakatlarni butunlay bajarishga erishish,
g) Ortiqcha muskul kuchlanishlarni va ortiqcha keraksiz harakatlarni yo’q qilish. Amalga oshirish metodlari.
1. So’z metodi.
2. Ko’rgazmali metod.
3.Bo’lib - bo’lib o’rganish metodi.
|
Maqsad- ilgari xato qilingan -qo’pol- texnika ko’nikmalarini aniqlash va yo’q qilishga intilish. Bu bosqichning asosiy vazifalari:
a) O’rganilayotgan harakatlarning qonuniyatlashtirishni yanada chuqurroq tushuntirish,
b) O’rganilayotgan harakatlar texnikasining detallarini o’rgatish va aniqlash,
v) Harakatlarni butunlay aniq bir tyokis, oson bajarishga intilish,
g) Harakatni turlicha bajarish imkoniyatini oldindan yaratish.
Amalga oshirish metodlari
1. Butunlay o’rgatish.
2. So’z metodi.
3. Ko’rgazmali metod.
4. Musobaqaviy metod.
|
Maqsad amaliyotda harakat faoliyatini takomillashgan holda egallashni ta’minlash. Xususiy vazifalar quyidagilardan iborat: a) Harakat ko’nikma harakat malakasi hosil bo’lish uchun harakatlarni har xil variantda bajarish. b) Oldingi bosqichda yo’l qo’yilgan xatoni yo’q qilish. v) Asosan texnikani va o’zlashtirish va mustahkamlashga erishish zarur.
g) Harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarishga erishish. Amalga oshirish metodlari:
1. Takroriy standart mashq metodi. 2. Takroriy o’zgaruvchan mashq metodi. 3. Onglilik va faollik. 4. Muntazamlik.
|