Harakat amaliga o’rgatish jarayonining ketma-ketligi.
| | |
|
|
Bosqichlar nomi
| | |
Maqsad
|
1. Dastlabki o’rgatish
|
2. Chuqur o’rgatish
|
3. Takomillashtirish va mustahkamlashni o’rgatish
|
|
Ushbu bosqichning maqsadi harakat amalining texnik asosini bajara olish malakasini shakllantirishdir.
|
Ushbu bosqichning maqsadi harakat amalini ko’zlangan texnik talablar hajmida bajara olish malakasini shakllantirishdir.
|
Bu bosqichning maqsadi – harakat malakasini amaliy qo’llash imkoniyatiga ega bo’lish uchun ko’nikmaga o’tkazishdir.
|
Vazifalar
|
1. Harakat amali va uni bajarish usullari bo’yicha mazmuniy va ko’rishga oid tasavvurlarni shakllantirishdir.
|
1. Texnikaning asosi va detallarida barcha tayanch nuqtalarida harakat amalini aniqlashtirish.
|
1. Harakat amalini bajarishda yaxlitlik va avtomatizmga erishish.
|
|
2. Asosiy tayanch nuqtalari (harakat amallari elementlari) bo’yicha harakat tasavvurini yaratish.
|
2. Harakat amalining fazoviy, vaqtli va dinamik xususiyatlarini ongli ravishda nazorat qilib, harakat amalining yaxlit bajarilishiga erishish.
|
2. Texnikaning individual xususiyatlarini zaruriy darajada takomillashtirish.
|
|
3. Yangi o’rganilayotgan harakat texnikasiga o’xshash ilgarigi harakat tajribasini qayta tuzish.
|
3. Kichik xatolarni bartaraf etish, ayniqsa, texnikaning asosiy zvenosida.
|
3. O’rganilayotgan harakat amalini boshqa harakat amallari bilan birlashtirgan holda takomillashtirish.
|
|
4. Oldin o’rganilmagan texnika zvenolarining asosini qayta o’rganish va qo’pol xatolar vujudga kelishining oldini olish.
|
4. Shug’ullanuvchilar diqqati asta-sekin yaxlit harakat amalining ratsional ritmini va yaxlit bajarilayotgan harakat amalining ong tomonidan nazoratining umumlashgan shaklini o’zlashtirishga o’tishi lozim.
|
4. Harakat amalini aniq amaliy sharoitlarga qarab, variativ foydalanilishini ta’minlash.
|
|
5. Harakat amali texnikasining asoslarini yaxlit bajarilishiga erishish.
|
5. Asta-sekin bir mashg’ulot davomida qayta o’rganilayotgan mashqlarning miqdorini oshirib borish va o’rganishni mashg’ulot asosiy qismining birinchi yarmida, sezilarli darajadagi charchash vujudga kelmagan vaqtda rejalashtirish lozim
|
5. O’zlashtirilgan harakat texnikasi, murakkabroq harakatlarning elementlari bilan birikmaviy bajarilishini takomillashtirish davom etadi.
|