1.3.O‘YIN RAXBARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR O‘QITUVCHINING O‘YINGA TAYYORLANISHI.
O‘yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o‘yin ta'lim va tarbiya muvofiqiyatining muxim shartidir. O‘qituvchi o‘yinni o‘tkazishga tayyorlanishda o‘yinga qatnashuvchilarning tarkibini yosh xususiyatlarini, shuningdek jismoniy tayyorgarliklarini xisobga olib darsning asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba'zan yaxshi o‘yin tanlasada, yomon o‘tishi mumkin bunday xollarda tanlangan o‘yin ishtirokchilarining qiziqish va xavaslariga mos kelmaligi natijasida ro‘y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmaydi.
O‘qituvchi o‘yinni tanlashda mashg‘ulot qanday shaklda o‘tkazilishini (dars tarzida o‘tkazilsa o‘yin unig birinchi, ikkinchi yoki uchinchi (tayyorlov, asosiy, yakunlovchi) qismida tanaffus vaqtida va xokazolarda o‘tkazilishi)ni bilishi kerak. O‘yin o‘tkaziladigan joy (sport zali yoki maydoncha koridor va xokazo), ob-xavo va xarorat xisobga olinishi kerak. Agar o‘yin qishda o‘tkaziladigan bo‘lsa o‘quvchilarni faollashtiradigan va jismoniy nagruzkani bir teksda taqsimlaydigan serharakatroq o‘yinlar tanlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |