Харакатли ўйинларни туркумларга бўлиниши


Download 42.77 Kb.
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi42.77 Kb.
#214726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Toshquvvatova Surayyo

YORDAMCHILAR TAYINLASH

O‘qituvchi asbob-uskunalarni tarqatish va o‘rgatish o‘yin - qoidalarini bajarilishini kuzatish va natijalarni xisobga olib borish uchun o‘ziga yordamchilar tanlab olishi mumkin.Yordamchi- o‘yinning bulajak tashkilotchisidir.Yordamchi o‘yin ishtirokchilariga xolisona munosabatda

bo‘lishi kerak.Keng joylarda o‘ynaladigan o‘yinlar o‘tkazishda shu o‘yinlar bo‘yicha tajriba orttirgan o‘quvchilarning o‘qituvchiga yordamchi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagan va jismoniy tarbiya darsidan vaqtincha ozod etilgan o‘quvchilarni o‘yinda_kuchi yetgancha qatnashtirish uchun xam yordamchi qilib tayinlash mumkin. Ba'zan intizomsizroq yoki xaddan tashqari faol bolalarning hulqini yaxshilash maqsadida ularni xam o‘qituvchiga yordamchi kilib tayinlaydi.

O‘yinda bolalar charchashini kutmasdan, harakatlar ularga qanchalik ta'sir etayotganiga qarab tamomlash lozim. O‘yinning ancha vaqt davom etishi ishtirokchilarning soniga va yoshiga o‘yinning xarakteri va sur'atiga texnik uskunalarning (asboblarning) miqdoriga, ob-xavo sharoiti va xokazolar bog‘liq bo‘ladi.

O‘ynovchilarning jo‘shqin xolatlariga qarab o‘yinni tartibga solish va boshqarish uning maqsadini qoidalarning ma'nosi va axamiyatini bilish kerak. O‘quvchilarning o‘yin qoidalariga rioya qilishi katta tarbiyaviy axamiyatga egadir. O‘qituvchi odilona xakamlik namunasini ko‘rsatishi o‘ynovchilarning xatolarini shoshilmasdan va muloxazakorlik bilan qayd qilib borishi va xar bir o‘yinchini umumiy qoidalariga bo‘ysunishga majbur qilishi kerak. O‘yinda ayniqsa guruhli o‘yinlarda sharoitni barcha ishtirokchilar uchun bir xil bo‘lishini sezgirlik bilan kuzatib borish zarur. Xar bir bolaga o‘yindagi bosh rolda o‘z o‘quvi va bilimlarini aniqlash imkonini berish maqsadida ona boshilarining almashinini belgilab qo‘yish tavsiya etiladi. O‘yinni muvoffakiyatli o‘tishning eng muxim sharti-intizomi va unga qat'iy amal qilinishidir.


Download 42.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling