Harakatli oʻyinlarning pedagogik ahamiyati


Download 14.72 Kb.
Sana12.07.2023
Hajmi14.72 Kb.
#1659921
Bog'liq
har 2


Harakatli oʻyinlarning pedagogik ahamiyati.
Harakatli oʻyinlarning tarbiyaviy ahamiyati haqida pedagog, jamoat arboblari va olimlarning fikrlari Hozirgi paytda milliy xalq oʻyinlarining asosiy vazifasi oʻz mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga
Maʻruza mashgʻulotlari
muvofiq ravishda tarbiyalashni taʻminlash, ularda axloqiy, irodalilik imkoniyatlarini rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos bilim, koʻnikma hamda malakalarni, oʻquvchilarga xos xarakterli xususiyatlarni sifatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Qadimiy tarbiya sistemasida oʻyinlardan shaxsan shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Muqaddam pedagogik fikr namoyondalari oʻyinning tarbiyaviy ahamiyatini gʻoyat ziyraklik bilan fahmlashgan. Ular har qanday vaziyatga nisbatan oʻyin vaqtida bolalarning xulq-atvorlarini bilib olish, ularning salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, nooʻrin xarakatlarni bartaraf yetishning yaxshiroq choralarini qoʻllash mumkin deb hisoblashgan. Shuning uchun oʻsha davrlardayoq bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, ularga mos oʻyinlarni tanlash masalasi qoʻyilgan. Bolani yoshiga muvofiq ishlar va oʻyinlar bilan mashgʻul qilish zarur deya topilgan. Pedagoglar zimmasiga ana shunday oʻyinlarni tanlash vazifasi yuklangan.
Yunon faylasufi Platon fanlarni oʻyinlar yordamida oʻrganishni tavsiya yetgan. Oʻyinda bolalar oʻz qobiliyatlarini yaxshiroq namoyon yetadi, deb hisoblagan. Shuningdek Platon: “Odamlarga yoqimli fanlarni zoʻrlab yemas, balki oʻyinlar orqali oʻqitib, ana shunda kimning nimaga moyilligini yaxshiroq koʻrasan”, deya taʻkidlaydi.
Qadimgi faylasuflardan Aristotel ham bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun oʻyinlardan foydalanish zarurligini, oʻyinlar dilxushlikdan iborat boʻlib, xordiq chiqarishga yordam berishini uqtirgan.
Oʻrta asrlar pedagoglari bolalarni jismoniy kamol toptirish uchun katta gʻamxoʻrlik koʻrsatganlar – jismoniy tarbiya metodikasini ishlab chiqib, unda oʻyinlarga katta oʻrin berganlar. Feodal tarbiyasining maqsadi zadogonlar oilasidagilarga otda yurishni, suzishni qilichbozlikni, shaxmat oʻynashni, nayza va qalqondan foydalana olishni oʻrgatishdan iborat boʻlgan. Oddiy xalqning xizmati yesa feodalning farovonligi uchun mehnat qilish yedi. G.V.Plexanov ibtidoiy oʻyinlar va jismoniy mashqlar biologik omillardan yemas, balki odamlarning


Maʻruza mashgʻulotlari
mehnat faoliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida oʻyin mehnatdan oldin paydo boʻlsa ham, umuman, jamiyatda yesa u faqat mehnatni aks yettiradi. YAʻni G.V.Plexanovning tabiri bilan aytganda, “Oʻyin – mehnat farzandi” sifatida vujudga kelgan. Biroq G.V.Plexanov oʻyin haqidagi masalani koʻrib chiqishda anglashilmovchilikka yoʻl qoʻygan. U hayvonlarning harakatidagi zoologik moslashish va oʻyin orasidagi tubdan farqlanishning mohiyatini aniqlashdan chetlab oʻtdi.
Ye.A.Pokrovskiy oʻning maxsus kitobi (“Detskiye igrы, preimuщestvenno russkiye”)da oʻyinlarni bolalarni jismoniy tarbiya amaliyotida keng qoʻllash toʻgʻrisida fikr bildiradi.
Xalq oʻyinlarini oʻrganish, ishtirokchilarning oʻzaro munosabati va xulqi oʻyin tanlashda uni taʻlimiy vazifalariga mos kelishini, shuningdek, oʻyinda pedagog bosh rolni oʻynashi lozimligini koʻrsatib oʻtadi.
Shu bilan birga P.F.Lesgaft harakatli oʻyinlarning vazifasi va rolini aniqlab, asosiy uslubiy koʻrsatmalarni keltiradi, oʻyin materiallarini ikkita guruhga boʻladi. Bular 1-guruh oddiy oʻyinlar, 2-guruh murakkab oʻyinlardir.
P.F.Lesgaft oʻzining jismoniy mashqlar sistemasida oʻyinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. Oʻyin yordamida bola hayotga tayyorlanishni aytadi. P.F.Lesgaftning harakatli oʻyinlarni oʻtkazish uchun qoʻygan talablari hozirgi paytgacha oʻz kuchini yoki ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq, chunki u har bir oʻyin oldiga aniq maqsadlar qoʻyishi, oʻtkazilayotgan oʻyinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, oʻyin bilan shugʻullanuvchilarga ijobiy yemotsional taʻsir koʻrsatishi lozimligini, oʻyinlarni sistemali tarzda va muntazam ravishda oʻtkazish, qatnashuvchilarning faolligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini uqtirgan yedi.
Oʻyin pedagogik omil boʻlishi uchun unga pedagogik vazifa ongli va maqsadga muvofiq ravishda bogʻlanishi, undan tarbiyaviy maqsad hamda vazifalarni hal qilish uchun foydalanilishi shart. Milliy xalq oʻyinlariga xos xususiyatlarning boyligi ham ularda xilma-xil tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini taʻminlaydi.
Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling