Harbiy ish asoslari
-o`quv savoli. Zamonaviy umumqoʻshin jangining tavsifi, uning maqsadi
Download 28.26 Kb.
|
10-sinf. 18-dars. Kengaytirilgan bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-o`quv savoli. Zamonaviy umumqoʻshin jangining asosiy turlari
2-o`quv savoli. Zamonaviy umumqoʻshin jangining tavsifi, uning maqsadi.
Zamonaviy jang umumqo`shin jangi hisobalanadi. Unda quruqlikdagi qo`shinlar, harbiy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo`shinlari ishtirok etadilar. Agar jang dengiz qirg`oqlari yo`nalishida bo`layotgan bo`lsa unda Harbiy Dengiz Floti ham ishtirok etishi mumkin. Zamonaviy jang qat`iyligi, yuqori manyovrliligi, yuqori kuchlanishda bo`lishligi, tezligi, holatning tez va qaltis o`zgarib turishi va jangni olib borish usullarini turlicha bo`lishligi bilan xarakterlanadi. Jangovar harakatlarning maqsadi va unga erishish usullariga ko`ra umumqo`shinlar jangi hujum va mudofaa janglariga bo`linadi. 3-o`quv savoli. Zamonaviy umumqoʻshin jangining asosiy turlari. Jangovar harakatlarning maqsadi va unga erishish usullariga ko`ra umumqo`shinlar jangi hujum va mudofaa janglariga bo`linadi. Hujum - jangning asosiy turi. Faqat qat`iy hujum bilangina dushmanni tor-mor qilish mumkin. Hujumning mohiyati atakaga o`tib, barcha mavjud bo`lgan vositalar yordamida dushmanga zarba berish, uning ichkarisiga kirib borish, jonli kuchini yo`q qilish yoki asir olish, qurol-yarog`i va jangovar texnikasini qo`lga kiritish, u egallab turgan hududni egallab olishdir. Ataka - bo`linma va qismlarning jangovar tartibdagi shiddatli harakatini eng yuqori kuchlanishdagi o`t ochish bilan uyg`unlashtirishdir. Ataka hujumning hal qiluvchi lahzasidir. Mudofaalanayotgan dushmanga harakat davomida yoki dushmanga bevosita tegib turgan holatdan hujumga o`tish mumkin. Harakat davomida hujum boshlangunga qadar jangovar guruh guruh komandiri ko`rsatgan joyda yashirincha joylashib oladi. Jangovar guruh dushmanga bevosita tegib turgan holatdan hujum boshlangunga qadar mudofaada bo`lishi mumkin. Boshlang`ich holatda jangovar guruh shaxsiy tarkibi odatda transheyada joylashadilar, PJM (BTR) esa - transheya ortidagi o`t ochish marrasida joylashgan bo`ladi. Hujumning yana bir ko`rinishi kutilmagandagi to`qnashuv jangidir. U ikkala tomon ham o`z maqsadini hujum orqali hal qilishga intilayotganda ro`y beradi. Kutilmagandagi to`qnashuv jangining maqsadi - qisqa muddat ichida hujum qilayotgan dushmanni dushmanni tor-mor qilish, tashabbusni qo`lga olish va qo`shinlarining kelgusi harakatlari uchun foydali sharoitni yaratishdir. Mudofaa - bu majburiy yoki avvaldan ko`zga tutilgan jang turidir. U dushmanning ko`p sonli kuchini qaytarish, aniq yo`nalishlarni (hududlarni) to`sib turish, ikkinchi darajali yo`nalishlarda kuch va vositalarni tejab, asosiy yo`nalishda dushmandan ustunlik hosil qilish uchun amalga oshiriladi. Mudofaaning mohiyati dushman ilgarilanma harakat qilayotganda, boshlang`ich holatni egallayotganda, hujumga o`tganda va jang mobaynida uni tor-mor qilishda ko`rinadi. Mudofaada shaxsiy tarkibning chidamliligi, mustahkam tura olishi va o`zini tuta olishligi muhim ahamiyatga ega. Mudofaaga dushman bilan bevosita tegib turganda yoki unga tegmay turgan sharoitlarda o`tish mumkin. Motoo`qchi jangovar guruh uchun jihozlangan okop (handoq) va PJM (BTR) uchun okop (handoq)lardan iborat bo`lgan marrani mudofaa qiladi. Download 28.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling