Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


Download 175 Kb.
bet1/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni





Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.09.2023




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT CHEGARASI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2023-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-868-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchilik
Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi (bundan buyon matnda Davlat chegarasi deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.
4-modda. Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish prinsiplari
Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish paytida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruratidan kelib chiqadi hamda quyidagi prinsiplarga amal qiladi:
davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat chegaralari daxlsizligi va buzilmasligini o‘zaro hurmatlash;
chegara masalalarini tinch yo‘l bilan hal etish;
chet el davlatlari bilan har tomonlama, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish;
qo‘shni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling