Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Davlat chegarasining shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tilishi


Download 175 Kb.
bet4/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni

10-modda. Davlat chegarasining shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tilishi
Davlat chegarasining shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tilishi xalqaro avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo qatnovi yo‘llarida yoki qonunchilikda hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo‘yiladigan boshqa joylarda amalga oshiriladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib o‘tish
Davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib o‘tish qonunchilikda hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan joylarda va tartibda amalga oshiriladi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Davlat chegarasi orqali o‘tkazish
Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni o‘tkazish belgilangan o‘tkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
O‘tkazish punktlari soni, joylashgan er, shuningdek Davlat chegarasi orqali o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida”gi nizom.
13-modda. Davlat chegarasidagi vaqtinchalik rejim cheklovlari
O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Davlat chegarasini kesib o‘tish, shu jumladan uning ayrim uchastkalarini kesib o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda vaqtincha cheklab yoki to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi yoki chet el davlat hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lgan taqdirda Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar, tovarlar, boshqa mol-mulk, hayvonlar, urug‘liklar, ko‘chatlar hamda kelib chiqishi hayvonotga va o‘simlikka mansub bo‘lgan boshqa mahsulotlar uchun karantin o‘rnatilishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling