Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish


Download 175 Kb.
bet8/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni

23-modda. O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish
O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlarida, chegara bo‘yi daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalari suv qismlarida foydalaniladigan kichik hajmli kemalar albatta hisobga olinishi hamda pristanlarda, prichallarda, boshqa turish punktlarida saqlanishi shart. Ushbu kemalarning turish punktlaridan chiqishi va qaytib kelishi tartibi chegara qo‘shinlari tomonidan belgilanadi.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlarida, chegara bo‘yi daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarining suv qismlarida ovchilik, tadqiqot, qidiruv faoliyati va boshqa faoliyat yuritish
O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlarida, chegara bo‘yi daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarining suv qismlarida ovchilik, tadqiqot, qidiruv faoliyati va boshqa faoliyat yuritish chegara qo‘shinlari ruxsatiga binoan qonunchilikka hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
IV. DAVLAT ChEGARASI ORQALI O‘TKAZISh PUNKTLARIDAGI REJIM
25-modda. Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni belgilash
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejim chegara, bojxona nazorati va nazoratning boshqa turlarini amalga oshirish uchun belgilanuvchi hamda shaxslarning, transport vositalarining shu punktlarga kirishi, u erda bo‘lishi va u erdan chiqishi, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlar olib kirilishi, turishi va olib chiqilishi, o‘tkazish punktlari hududida xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar majmuini o‘z ichiga oladi.
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejim O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Davlat chegarasida nazoratni amalga oshiruvchi barcha organlar xizmat faoliyatining zarur sharoitlarini saqlab turish maqsadida belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling