Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarining O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlarga) kirishi hamda u erda bo‘lishi


Download 175 Kb.
bet9/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni

26-modda. Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarining O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlarga) kirishi hamda u erda bo‘lishi
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarining O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlarga) kirishi hamda u erda bo‘lishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
27-modda. Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi qo‘shimcha rejim qoidalari
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida bevosita chegara, bojxona nazorati va nazoratning boshqa turlari amalga oshiriladigan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan qo‘shimcha rejim qoidalari joriy etiladigan hududlar, binolar belgilanadi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida meditsina (sanitariya) nazorati to‘g‘risidagi” Nizom (ro‘yxat raqami 927, 22.05.2000-y.).
V. DAVLAT BOShQARUV ORGANLARI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING DAVLAT ChEGARASINI HIMOYA QILISh VA QO‘RIQLASh SOHASIDAGI VAKOLATLARI. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI, KORXONALAR, MUASSASALAR, TAShKILOT LAR VA FUQAROLARNING DAVLAT ChEGARASINI HIMOYA QILISh VA QO‘RIQLAShDAGI IShTIROKI
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi kuchlar va vositalarni, o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalash va resurslar bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida normativ hujjatlar chiqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(28-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(28-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling