33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashga doir tadbirlarni amalga oshirishda chegara qo‘shinlariga ko‘maklashadi;
chegara oldi zonasida chegara oldi rejimiga rioya etilishi ustidan hamda Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlariga tutash hududlarda huquq-tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining ishtirokini ta’minlaydi;
chegara oldi hududlarida huquq-tartibotning holati to‘g‘risida chegara qo‘shinlariga axborot beradi;
Davlat chegarasini himoya qilishda ichki qo‘shinlar qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishini ta’minlaydi;
(33-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chegara qo‘shinlarining taqdimnomasiga binoan chegara oldi qidiruv ishlari va operatsiyalari o‘tkazilayotgan paytda, shuningdek harbiy xurujni qaytarish yoki Davlat chegarasi orqali noqonuniy ommaviy o‘tishlarning oldini olish chog‘ida Davlat chegarasiga yaqin ayrim uchastkalar yoki obyektlarga fuqarolarning o‘tishini vaqtincha cheklash yoki man etishni ta’minlaydi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(33-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
34-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda chegara qo‘shinlariga ko‘maklashadi;
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organlari ishtirokini ta’minlaydi;
shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida bojxona nazoratidan o‘tishi va rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
kontrabandaga va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa tarzda buzilishiga qarshi kurashga doir choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
(34-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari tashkil etishga doir takliflarni kiritadi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(34-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |